Glukoza
'Glyukozaichsa ham buladimi' (yun. glykys — shirin), uzum shakari, dekstroza — tabiatda koʻp uchraydigan uglevod; geksozalarga, yaʼni uglerod atomlari 6 ta boʻlgan monosaharidlarga kiradi. Rangsiz kristall modda. Mol. m. 180,16. Suyuqlanish temperaturasi 146,5°, suvda yaxshi eriydi, optik faol, kugblangan nurni oʻngga buradi. Viruslardan tortib yuksak oʻsimliklar va umurtqali hayvonlar (jumladan odam)gacha barcha tirik organizmlarning zarur tarkibiy qismi. U barcha organizmlardagi aksari sintez va parchalanish reaksiyalarida qatnashadi. Sanoatda kraxmalni gidrolizlab olinadi. Qandolatchilikda, tibbiyotda ishlatiladi.
Odam va hayvonlar toʻqimasida G. zaxiradagi uglevod — glikogetga aylanishi mumkin. U koʻpgina moddalar almashinuvi reaksiyalarida qatnashadi, uglevodlar almashinuvining asosiy qismini tashkil etadi. Organizmlar uchun asosiy energiya manbai hisoblanadi. Odam krnida taxminan 100 mg G. boʻlib, uning miqdori gormonlar (qarang Gormonal regulyatsiya) va markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. U organizmda suv rejimini boshqaradi, hujayralar faoliyatini izga soladi, zaharli moddalarni zararsizlantiradi, yurakning muskul vazifasini oshiradi, tomirlarni kengaytiradi, siydik ajralishini tezlashtiradi va b. Koʻpgina kasalliklarda qonda G. miqdori oshadi (qarang Giperglikemiya), natijada u siydik bilan ajralib chiqa boshlaydi.
G. preparatlaridan tibbiyotda keng foydalaniladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |