Gloria Macapagal-Arroyo
Qiyofa
Gloria Macapagal-Arroyo (1948, Manila) — Filippin davlati arbobi. Vashingtondagi Jorjtaun hamda Ateneo de Manila untlarini tugatgan. Falsafa fanlari doktori. Dastlab Esampshen kollejida oʻqituvchi, soʻngra Ateneo de Manila untida professor assistenti, Filippin untida katta oʻqituvchi. 1986—92 yillarda Filippin savdo va sanoat vazirligi kotibi assistenti. 1992-yildan Filippin parlamenti yuqori palatasi aʼzosi, 1998—2000-yillarda Filippin Respublikasi vitse-prezidenti, ayni vaqtda ijtimoiy taʼminot va taraqqiyot vaziri, 2001-yil 20-yanvardan Filippin Respublikasi prezidenti.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |