Gladys Arnold
Gladys Arnold (1905-yil 5-oktabr — 2002-yil 29-sentyabr) Kanadaning Saskachevan shtatidagi Makun shahrida tugʻilgan. Kasbi jurnalist[1].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arnold 1905-yilda Makun shahrida tug‘ilgan[2]. U 1925-yilda oʻqituvchilik diplomini olgan. Oʻsha yilning oʻzida Saskachevanning chekka Amulet qishlogʻidagi kichik maktabga ishga qabul qilingan. Arnold u yerda 1926-yilning yanvar oyidan boshlab 1927-yilning dekabr oyigacha rasmiy ishlagan. Keyinchalik u biznesni oʻrganish uchun Vinnipegga koʻchib oʻtgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Urushdan oldingi yillarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Biznes kollejini tamomlagach, Gladys stenografiya oʻqituvchisi boʻlib ishga qabul qilinadi. U 1930-yilda Regina Leader-Post gazetasida muharrir kotibi lavozimida faoliyat boshlagan. Shuningdek, oʻsha tashkilotda muxbir darajasiga erishgan. 1934-yilda Arnold ayollar sahifasi muharriri lavozimiga koʻtarilgan va oʻzi shu mavzudagi rukn ochgan. Gladys u ruknda saylov huquqi, sotsializm va pasifizmga boʻlgan ishtiyoqi, shuningdek, boʻyanish, moda va gʻiybat kabi anʼanaviy ayollar sahifalari mavzulari haqida yozgan. Arnold oʻzining „One Womanʼs War“ deb nomlangan xotirasida jurnalist sifatida Yevropaga koʻchib oʻtish istagi haqida yozadi.
Regina Leader-Post gazetasining yosh muxbiri sifatida men 1935-yilda Yevropaga borib, bir yilga yaqin qolish niyatida edim. Mening ketishim sababini ikki soʻz bilan izohlash mumkin: siyosiy qiziqish. Saskachevandagi depressiya davridagi qurgʻoqchilik va ishsizlikni boshidan kechirgan yigirma yoshlardagi odamlarimiz bilan sotsializm, kommunizm, fashizm va demokratiyaning ijobiy va salbiy tomonlari haqida qizgʻin bahslashar, bir milliondan ortiq kanadaliklar nima uchun ish topa olmaganiga javob izlardik. Saskachevanda bu atamalarni bevosita uchratish qiyin edi. Ammo, Yevropada biz, albatta, baʼzi javoblarni topamiz.
Leader-Post Arnoldni tajribasiz deb bilar edi. Uning muharriri Bob Makrey 1936-yilda unga yozgan maktubida shunday degan: „Oʻquvchilarimizning faqat bir qismi iqtisod va tashqi siyosatga qiziqadi. Ular koʻproq sevgi, oziq-ovqat, kino, kiyim-kechak va oilaviy ishlar bilan shugʻullanishadi“. Oʻsha yilning oxirida Glady Canadian Press nashrigaa Parijdagi muxbir boʻlib qoʻshildi[3]. Keyingi toʻrt yil ichida u Avstriya, Belgiya, Chexoslovakiya, Fransiya, Germaniya, Vengriya, Italiya, Shveysariya va Ispaniya fuqarolar urushi paytida Ispaniya chegarasidan xabar berdi[4].
Urush yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Glady 1939-yilda Ikkinchi jahon urushi boshlanganda Fransiyadagi yagona kanadalik muxbir edi[2]. Arnold fashistlar bostirib kirishidan bir kun oldin Parijni tark etgan[5]. Minglab qochqinlar Arnold bilan birga janubga ketishadi. U esa fursatdan foydalanib, ulardan intervyu olgan. Mamlakat hukumati va infratuzilmasi qulashi bilan Arnold hikoyalarni pochta orqali yuborishga harakat qiladi. Ammo ularning hech biri manziliga yetib bormagan. Arnold oʻzining hikoyalarini senzuradan oʻtkazishga urinib, nashrdan oldin Fransiya hukumatini topishga harakat qiladi. U Bordoga yetib kelganida, Britaniya elchixonasi Gladyga mamlakatni tark etishni aytadi. U qochqinlar kemasiga oʻtiradi va oxir-oqibat Londonda xavfsizlik va pochta xizmatlarini topadi[6].
Arnold 1941-yilda fransuz axborot xizmatida ishlash uchun xohishiga koʻra jurnalistikani tark etgan.
Urushdan keyingi yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Urushdan keyin Glady Fransiyaning Ottavadagi elchixonasiga ishga qabul qilindi. U yerda 1971-yilda nafaqaga chiqqunga qadar axborot xizmatini boshqargan. Arnold 2002-yil 29-sentyabrda Saskachevanning Regina shahrida vafot etgan.
Biblografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Arnold, Gladys. One Woman's War: A Canadian Reporter with the Free French. Toronto: James Lorimer & Company, 1987. ISBN 978-0-88862-875-6.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ARNOLD, GLADYS (1905–2002)“. The Encyclopedia of Saskatchewan. 2016-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 Polischuk, Heather. „Gladys Arnold rose from secretary to Second World War correspondent“. Regina Leader-Post (2017-yil 24-may). Qaraldi: 2020-yil 25-oktyabr.
- ↑ Arnold, Gladys. One Woman's War. Toronto: James Lorimer & Company, 1987 — 4-bet.
- ↑ „Gladys Arnold“. University of Regina. Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.
- ↑ Arnold, Gladys. London 'Looked Like Heaven' After Slow Flight From Paris. Leader-Post (1940-yil 24-iyun).
- ↑ Arnold, Gladys. One Woman's War. Toronto: James Lorimer & Company, 1987 — 48–69-bet.