Giuseppe Verdi
Giuseppe Verdi | |
---|---|
Tavalludi | 10-oktyabr 1813[1] |
Vafoti | 27-yanvar 1901[2] |
Fuqaroligi | Italiya qirolligi |
Giuseppe Verdi (talaffuzi: Juzeppe Verdi; 1813. 10. 10, Parma, Ronkole qishlogʻi — 1901. 27.1, Milan) — italyan kompozitori, opera janrining yirik ustasi. 7 yoshidan musiqadan saboq olgan. 15 yoshida ibodatxonada organchi, orkestr dirijyori boʻlib, Busseto shahrida konsertlar tashkil qilgan. U oʻz asarlarida qahramonlarning ichki dunyosini chuqur ochishga, inson qadr-qimmatini, haq-huquqini himoya qilishga intilgan, jamiyatdagi ijtimoiy illatlarni fosh qilgan. "Rigoletto" (1851), "Trubadur" (1853), "Traviata" (1853) kabi operalarida insonparvarlik gʻoyalari yuksak ehtiros bilan olgʻa surilgan. Uslubida joʻshqin, hayajonli musiqa rivoji bilan ohangdor kuylar, yorqin hamda sodda ifodaviy vositalar uygʻunlashgan. "Bal-maskarad" (1859), "Don Karlos" (1867), "Aida" (1870) operalari V. ijodining choʻqqisidir. V. Shekspir asarlari asosida yaratilgan ikkita nodir operasi ("Otello" musiqali fojiasi, 1886; "Falstaf" komik operasi, 1892) da yangi, muttasil musiqa rivojiga asoslangan uslub namoyon boʻlgan, opera janri isloh qilingan. V. asarlari jahon teatrlari repertuaridan munosib oʻrin olgan. Oʻzbekistonda ham "Rigoletto", "Aida", "Traviata", "Trubadur" kabi operalari sahnaga qoʻyilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |