Kontent qismiga oʻtish

Gipokapniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gipokapniya (gipo... va yun. kapnos — tutun) — qonda karbonat angidrid (SO2)ning kamayishi. Sof kisloroddan yoki SO2 kamaygan havodan hamda atmosfera bosimi past sharoitda nafas olganda, halloslaganda, shuningdek, sunʼiy nafas oldirilganda kuzatiladi. Qonda kislorod yetishmasligi karotid sinus xemoreseptorlarini taʼsirlab, nafas olishni tezlatadi, natijada SO2 alveolyar havodan va qondan chiqib ketadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil