Giorgi Kvirikashvili
Giorgi Kvirikashvili | |
---|---|
გიორგი კვირიკაშვილი | |
Gruziya Bosh vaziri | |
Mansab davri 2015-yil 30-dekabr – 2018-yil 20-iyun | |
Prezident | Giorgi Margvelashvili |
Oʻtmishdoshi | Irakliy Garibashvili |
Vorisi | Mamuka Baxtadze |
Gruziya Tashqi ishlar vaziri | |
Prezident | Giorgi Margvelashvili |
Bosh vazir | Irakliy Garibashvili |
Oʻtmishdoshi | Tamara Beruchashvili |
Vorisi | Mixail Janelidze |
Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri | |
Mansab davri 2012-yil 25-oktabr – 2015-yil 1-sentabr | |
Prezident |
Mixail Saakashvili Giorgi Margvelashvili |
Bosh vazir |
Bidzina Ivanishvili Irakliy Garibashvili |
Oʻtmishdoshi | Veronika Kabaliya |
Vorisi | Dmitriy Kumsishvili |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
20-iyul, 1967-yil Tbilisi, Gruziya SSR, SSSR |
Siyosiy partiyasi | Gruziya orzusi — Demokratik Gruziya |
Taʼlim |
Tbilisi Davlat tibbiyot universiteti Tbilisi Davlat universiteti Urbana-Champaigndagi Illinois universiteti |
Kasbi | moliyachi, iqtisodchi |
Imzosi |
Giorgi Jemalovich Kvirikashvili (gruzincha: გიორგი ჯემალის ძე კვირიკაშვილი) — Gruziya siyosat va davlat arbobi. Avvalroq u Gruziya Bosh vaziri (2015-2018), hukmron „Gruziya orzusi — Demokratik Gruziya“ partiyasi raisi (2015-2018) boʻlgan.
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]1984-yilda V. M. Komarov nomidagi fizika-matematika maktab-internatini tamomlagan[1]. 1984-1991-yillarda Tbilisi davlat tibbiyot universitetida umumiy amaliyot shifokori mutaxassisligida tahsil olgan. 1986-1988-yillarda sovet armiyasi saflarida majburiy harbiy xizmatga chaqirilgan. 1990-1995-yillarda Ivane Javaxishvili nomidagi Tbilisi Davlat universitetining iqtisodiyot fakultetida sanoatni rejalashtirish mutaxassisligi bo‘yicha o‘qigan. 1997-1998-yillarda Illinoys universitetida tahsil olgan, moliya sohasida fan magistri darajasini olgan[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1993-1996-yillar — moliyaviy faoliyatini United Georgian Bankda boshlagan. Kredit bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari darajasiga ko‘tarildi;
1996-1997-yillar — Eksport-Import bank vitse-prezidenti;
1997-1998-yillar — United Georgian Bank boshqaruv departamenti filiali direktori;
1999-yildan davlat idorasida ishlagan. Moliya, valyuta va tashqi iqtisodiy xizmat boshligʻining oʻrinbosari. Gruziya hukumati va USAID qoʻshma dasturining Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish guruhi rahbari;
1999-2004-yillar — Gruziya parlamenti aʼzosi, Iqtisodiy siyosat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari;Atirgullar inqilobi va Mixail Saakashvili hokimiyat tepasiga kelganidan keyin u davlat ishini tashlab, biznesga qaytdi;
2004-2006-yillar — Birinchi Tijorat Banki ijroiya direksiyasi maslahatchisi;
2006-2011-yillar — Kartu Bank bosh direktori;
2012-yil 25-oktyabrda Bidzina Ivanishvili boshchiligidagi Gruziyaning yangi hukumatida Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri;2015-yil 1-sentyabrda Gruziya Tashqi ishlar vaziri;
2015-yil 30-dekabr Gruziya parlamenti yalpi majlisda uning nomzodini maʼqullagan va u taqdim etgan hukumat tarkibi qo‘llab-quvvatlaganidan keyin Giorgi Kvirikashvili Gruziya bosh vaziri bo‘ldi[2][3].
2018-yil 13-iyunda Kvirikashvili isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi[4]. Yangi hukumat tuzilgunga qadar eski hukumat o‘z vazifalarini bajarishda davom etdi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „«Школьный галстук»: школа Комарова в Тбилиси“. 2016-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-mart.
- ↑ 2,0 2,1 „საქართველოს პრემიერ-მინისტრი“. 2015-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-dekabr.
- ↑ „Парламент Грузии подтвердил кандидатуру Георгия Квирикашвили в качестве нового премьер-министра“. 2016-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-dekabr.
- ↑ „Премьер-министр Грузии Георгий Квирикашвили подал в отставку“. Радио «Свобода» (2018-yil 13-iyun). 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-iyun.
- ↑ „Премьер-министр Грузии Георгий Квирикашвили объявил об отставке“. 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-iyun.