Kontent qismiga oʻtish

Gijjalarga qarshi moddalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gelmintozlar odam organizmida yashaydigan qurtlar — gijjalar keltirib chiqaradigan kasalliklardir. Gelmintlar ayniqsa bolalar organizmini koʻproq jarohatlaydi, ular zaharli moddalar ajratadi. Gijja kasalliklari uzoq vaqt davom etganda (koʻproq bolalarda) anemiya, markaziy nerv sistemasi, meʼda-ichak, jigar, qon tomirlarda oʻzgarishlami yuzaga keltirishi mumkin. Gijjalarning joyiga qarab gelmintozlarga qarshi qoʻllanadigan moddalar ikki guruhga boʻlinadi:

1. Ichak gelmintozlarida qoʻllanadigan moddalar.

2. Ichakdan tashqaridagi gelmintozlarda qoʻllanadigan moddalar.[1]

Gelmintlarga qarshi moddalarning koʻpchiligi ularning turiga qarab, tanlab taʼsir koʻrsatadi, shuning uchun davolashdan oldin ulaming turini aniqlash kerak boʻladi. Gelmintlarga qarshi moddalarning taʼsir mexanizmi: bir xil moddalar gijjalarning nerv-mushak sistemasini, ikkinchilari gijjalarda moddalar almashinuvini, boshqalari ulaming membrana pardasining oʻtkazuvchanligini izdan chiqarib, proteolitik fermentlarga taʼsirchan qilib qoʻyadi.

Ichak gelmintozlarida qoʻllanadigan moddalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meʼda-ichakda dumaloq gelmintlar — nematodalar hamda yassi tekis gijjalar (sestodalar) boʻlishi mumkin, shuning uchun moddalar ham nematodozlarda ham sistodozlarda qoʻllanadiganlarga boʻlinadi. Samarali davolash uchun davolanayotgan vaqtda oson hazm boʻladigan ovqatlar isteʼmol qilinadi. Ichakdagi gijjalarga qarshi taʼsir koʻrsatadigan moddalar ichak ichida taʼsir koʻrsatishi zarur, yogʻ va spirtli ichimliklar ulaming qonga soʻrilishini oshirib yuboradi; oʻlgan gijjalami ichakdan tezda chiqarib yuborish uchun surgi moddalar, asosan tuzli surgilar qoʻllanadi, chunki ular zaharli gijjaga qarshi moddalarning qonga soʻrilishiga imkon bermaydi. Moyli surgilarda (kanakunjut moyi) gelmintlarga qarshi moddalar erishi va qonga oson soʻrilishi mumkin. Hozirgi kunda gijjalarga qarshi moddalarning o‘zi ichni surish xususiyatga ega boʻlgan holda chiqarilmoqda, surgi dorilarga ehtiyoj bo‘lmay qolgan. Ichak nematodalarga askarida, ostritsa, qilbosh gijja, ankilostomalar kiradi.[2]

Piperazin askaridalar, ostritsalami haydash uchun qoʻllanadi, modda gijjalaming nerv-mushak sistemasini falajlaydi, ichakda ulaming harakati toʻxtab, safro yoilariga oʻtolmay qoladi. Gijjalarga qarshi taʼsir koʻrsatishi bilan birga bu modda ichni suradi. Piperazin qonga soʻrilsa ham kam zaharli, shuning uchun bu modda ommaviy degelmintizatsiya qilish uchun qoʻllanadi. Baʼzi hollarda piperazin koʻngilni aynatishi, boshni ogʻritishi, boshni aylantirishi, qorinda ogʻriqlar paydo qilishi mumkin, miqdori oshirib yuborilsa, mushaklarni boʻshashtirishi va odamni qaltiratishi mumkin. Levamizol-dekaris asosan askaridalarga qarshi qoʻllanadi, gijja mushaklarini falajlaydi hamda unda moddalar almashinuvini izdan chiqaradi. Bir marta yuborilganda ham 90-100 % naf qiladi, kam zaharli modda, salbiy taʼsirlari yoʻq. Dekaris ankilostoma hamda ichakdan tashqari joylashgan gijjalarga ham qarshi taʼsir koʻrsatadi.[3]

  1. Azizova. gijjalarga qarshi moddalar, 2, Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006-yil — 449-450-bet. ISBN 978-9943-08-025-6. 
  2. Azizova. gijjalarga qarshi moddalar, 2, Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006-yil — 449-451-bet. ISBN 978-9943-08-025-6. 
  3. Odilov. gijjalarga qarshi ta'sir ko'rsatuvchi moddalar, 2, Toshkent: Ilm ziyo, 2007-yil — 258-259-bet. ISBN 978-9943-303-56-0.