Kontent qismiga oʻtish

Gigi de Lana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gigi de Lana
Tavalludi Mary Gidget Orfano dela Llana
24-sentyabr 1995-yil (1995-09-24) (29 yosh)
Olongapo, Filippin
Janrlar Pop
Kasbi Aktrisa, qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 207-hozirgi kungacha
Leybllar Star Music
Fuqaroligi Filippin bayrogʻi Filippin
Veb-sayt Gigi de Lana Instagram sahifasi

Meri Gidget Orfano dela Llana (1995-yil 24-sentyabr; Filippin) — Gigi de Lana nomi bilan tanilgan filippinlik qoʻshiqchi va aktrisa[1][2][3]. Hozirda Rise Artists Studio va Star Magic leybli ostida ijod qilmoqda[4]. De Lana „Four Sisters Before the Wedding“ (2020) filmida Love Mey rolida debyut qilgan[5].

De Lana 1995-yil 24-sentyabrda Olongapoda tugʻilgan[5]. Yoshligida onasi bilan Lagunaga koʻchib oʻtgan. U Kalamba shifokorlar kollejida va Kolegio de San-Xuan de Letran muassasasida tahsil olgan.

Popstar Kids, SOP va Eat Bulaga

[tahrir | manbasini tahrirlash]

De Lana Popstar Kids isteʼdodlar tanlovida ishtirok etdi va tanlovning 2-mavsumini grand finalchi sifatida yakunlandi. U keyinchalik bir nechta shoularda, jumladan SOP shousida paydo boʻldi. De Lana u yerda 2009-yilda tarqalib ketgunga qadar mashhur Popstar Kids ishtirokchilaridan tashkil topgan Sugarpop guruhi aʼzosi sifatida muntazam ravishda chiqish qildi.

Bir necha yil oʻtgach, Eat Bulaga! nomli qoʻshiqchlar tanlovida qatnashdi. De Lana ushbu tanlovni ham grand finalchi sifatida yakunladi.

Rise Artists Studio

[tahrir | manbasini tahrirlash]

De Lana 2013-yilda premyera qilinadigan „Four Sisters Before the Wedding“ filmida rol ijro etishini eʼlon qilganidan bir necha hafta oʻtgach, „Star Magic“ bilan hamkorlik qilishni boshladi. 2020-yil 2-dekabrda „We Rise Together“ loyihasida De Lana Risening boshqa aʼzolari tomonidan iliq kutib olindi[6].

Matbuot anjumanida De Lanadan Rise uni qanday kashf etgani haqida soʻrashdi. U quyidagicha javob berdi:

Meni Rise xonim qaytadan kashf qildi. U mening videolarimdan birini ko'rdi. O'sha videoda men yashil libos kiygan holatda "Biz endigina boshlandi" qo'shig'ini kuylayotgan edim. Rise xonim meni guruhiga qo'shishini kutmagan edim. Lekin, shunday bo'ldi. Shundan so'ng, hammasi boshlanib ketdi[7].

De Lanadan nega haqiqiy ismi oʻrniga tahallus ishlatishi haqida soʻrashganda, u shunaqa javob qildi:

Ha, rahbariyat ekrandagi ismimni o'zgartirishga unchalik qo'shilmadi. Biroq, kelishuv ikkala tomon bilan bo'lganligi sababli, biz ekranlarda boshqavha ko'rinishda chiqishga qaror qildik.

Risega qoʻshilganidan beri De Lana WRT koʻrsatuvining baʼzi epizodlarida boshlovchi sifatida ishtirok etib kelmoqda.

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studio albomi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Albom Leybl
2022-yil Gigi De Lana Star Music
Yil Singl Kompozitorlar Leybl
2021-yil Sakalam Erwin Lacsa va Romeo Marquez Star Music

Saundtreklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Saundtrek Film/Shou
2021-yil Nasaʼyo Ako Viral Scandal
Bakit Nga Ba Mahal Kita Hello, Heart
2022-yil Sa Dulo The Broken Marriage Vow
Akin Ka Na Lang A Family Affair

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Film Rol
2020-yil Four Sisters Before the Wedding Love Mae Tete
Yil Nom Rol Platforma Manba(lar)
2022 My Crush Is A Cactus Killer Mandy Dollybee Studios/ YouTube
2021 Hello, Heart Heart iQiyi [8]
2022 I Can See Your Voice Kapamilya Channel/A2Z [9]
  1. Dumaual, Miguel. „Gigi de Lana on that viral video, her real name, and her ultimate idol“. ABS-CBN News (2021-yil 28-iyun). 2021-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  2. Medina, Josh. „Gigi De Lana, di na raw pala kumakain ng karne: "I'm a proud vegan"“. Kami (2021-yil 11-iyul). 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  3. „Gigi de Lana binalikan ang hirap ng buhay noon“ (en). ABS-CBN News. Qaraldi: 2021-yil 2-oktyabr.
  4. Glorioso, Bot. „Gigi de Lana: What you see is what you get“. The Philippine Star (2021-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
  5. 5,0 5,1 Singson, Ysa (May 26, 2021). „I Listen To Gigi De Lana's Song Covers To Soothe My Soul“. Cosmopolitan Philippines. Qaraldi: November 20, 2021.
  6. „Gigi De Lana signs with Rise Artists Studio!“.
  7. „Gigi De Lana, pinabilib si Charo Santos“ (en, fil). Abante (2020-yil 4-dekabr).
  8. Frater, Patrick. „iQiyi International Unveils First Philippines Series, More Korean Originals“. Variety (2021-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
  9. „Gigi de Lana feat. Is It Too Late Now to Say Sali • I Can See Your Voice PH“. ABS-CBN Entertainment (2022-yil 5-fevral). Qaraldi: 2022-yil 6-fevral.