Gidroelektr stansiya
Gidroelektr stansiya (GES) -suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika inshootlari va energetika jihozlari majmui. Gidrotexnika inshootlari toʻgʻon yonidagi, derivatsion va aralash turlarga boʻlinadi. Toʻgʻon yonidagi Gidro elektr stansiyalarda toʻgʻon yordamida suv sathi koʻtarilib, kerakli bosim hosil qilinadi. Gidro elektr stansiya binosi 3 xil joylashtiriladi: 1) toʻgʻon yonida; 2) toʻgʻondan chetroqda; 3) toʻgʻondan pastda, daryo oʻzanida. Toʻgʻon yonida va daryo oʻzanida quriladigan Gidro elektr stansiya larda suv bosimini toʻgʻon hosil qiladi. Bunday Gidro elektr stansiya lar suvi koʻp boʻlgan, tekis oqadigan togʻ daryolariga, soyliklarning toraygan joyiga quriladi. Bularga Qayroqqum, Tuyamoʻyin va Chordara Gidro elektr stansiyalarini koʻrsatish mumkin. Derivatsion (Gidro elektr stansiya ning stansiya uzeliga suv kuvurlari, kanal yoki tunnel vositasida olib kelinadigan) Gidro elektr stansiyalar oʻrta va yuqori bosimli boʻlib, bosim derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. Bunday Gidro elektr stansiya larga Chorvoq, Farhod va Boʻzsuv kanalidagi Gidro elektr stansiyalar kiradi. Aralash Gidro elektr stansiya larda bosim, asosan, daryodagi gidrotexnika inshootlari va qisman derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. Gidro elektr stansiya inshootlari majmuiga daryo oʻzanini toʻsib bosim hosil qiladigan bosh inshoot (toʻgʻon), Gidro elektr stansiya binosiga suv yetkazib beradigan kanal, stansiya bosim uzeli (SBU) yoki bosim suv quvuri, suv sathini va sarfini tartibga solib turadigan, ortiqcha suvni chiqarib tashlaydigan va b. avtomatik qurilmalardan iborat inshootlar; suv energiyasini bevosita elektr energiyaga aylantirib beradigan gidroagregat (turbina bilan generator) oʻrnatilgan mashina zali va foydalanib boʻlingan suvni chiqarib tashlaydigan inshootlar kiradi. Maxsus gidrotexnika inshootlari bilan Gidro elektr stansiya turbinalariga keltirilgan suv turbinaning ish gʻildiragini, unga oʻrnatilgan oʻqni va oʻq bilan biriktirilgan generatorni aylantirishi natijasida elektr energiya hosil boʻladi. Elektr energiya maxsus qurilmalar vositasida isteʼmolchilarga yetkazib beriladi. Hozir barcha Gidro elektr stansiya larning ishi avtomatlashtirilgan. Bir necha avtomatlashtirilgan Gidro elektr stansiya lar uzoqdan turib (qoʻshni Gidro elektr stansiya dan yoki energosistemaning boshqarish pultidan) boshqariladi. Gidro elektr stansiyaning belgilangan quvvatiga koʻra kam (5 MVt gacha), oʻrta (5—25 MVt) va katta (25 MVt dan yuqori) quvvatli xillarga boʻlinadi. Daryoning energetika resurslaridan toʻlaroq foydalanish uchun Gidro elektr stansiya lar kaskad tarzida, yaʼni daryo oqimi boʻyicha maʼlum masofada joylashtiriladi. Bunday Gidro elektr stansiya kaskadlariga Oʻzbekistondagi Toshkent (Boʻzsuv, Boʻrijar, Oqtepa, Shayxontohur Gidro elektr stansiya lari); Qodriya (Qodriya, Qibray, Salar, Oqqovoq-2); Chirchiq (Tovoqsoy, Oqqovoq); Quyi Boʻzsuv (Gidro elektr stansiya-14, Gidro elektr stansiya-18, Gidro elektr stansiya-19, Gidro elektr stansiya-22, Gidro elektr stansiya-23); Oʻrta Chirchiq (Chorvoq, Hojikent, Gʻazalkent); Shahrixon (Gidro elektr stansiya5A, Gidro elektr stansiya-6A, Gidro elektr stansiya-YUFK-1, Gidro elektr stansiya-4A YUFK-3); Samarkand (Gidro elektr stansiya-1B, Gidro elektr stansiya2B, Gidro elektr stansiya-ZB, Gidro elektr stansiya-5B) Gidro elektr stansiya kaskadlari kiradi. Gidro elektr stansiya lar ichida gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiya (GAES) va koʻtarilish suv elektr stansiya (PES) alohida oʻrin tutadi. GAES lar yirik energetik tizimlarda koʻp energiya talab qiladigan (tigʻiz) vaqtlardagi energiyani toʻldirib turish uchun quriladi. GAESning energiyani akkumulyatsiyalash xususiyati energetik tizimdagi baʼzi vaqt oraligʻida boʻsh boʻlgan elektr energiyadan foydalanishga asoslangan. Bu vaqtda GAES nasos rejimida ishlab, suvni pastki hovuzdan yuqorigi hovuzga haydaydi; tigʻiz vaqtda esa yigʻilgan suvdan elektr energiya hosil qiladi. Oy va Quyosh gravitatsiya kuchlari suv massasini tortishi natijasida dengiz yoki okean suvlari sathi sutkada bir vaqtda ikki marta dam koʻgariladi, dam pasayadi. Ana shu koʻtarilgan suv energiyasini PES elektr energiyasiga aylantiradi. Bularda elektr energiya ishlab chiqarishda jiddiy farq yoʻq. Alohida Gidro elektr stansiya yoki Gidro elektr stansiya kaskadi, odatda kondensatsiyey elektr stansiya (KES), issiqlik elektr markazi (TETS), atom elektr stansiya (AES) bilan bir tizimda ishlaydi. Bunda energosistemadagi nagruzka grafigini qoplashda qatnashishiga qarab Gidro elektr stansiya bazisli, koʻp energiya talab qiladigan (tigʻiz) vaqtlarida ishlaydigan boʻlishi mumkin. Gidro elektr stansiyalar elektr energiya berish bilan birga daryo oʻzanini loyqalanishdan asraydi, koʻplab ekin maydonlarini sugʻorishga imkon beradi (yana k,. Gidroenergetika)[1]