Kontent qismiga oʻtish

Ghenadie Moșneaga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ghenadie Moșneaga
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ghenadie Moșneaga
Tavallud sanasi 25-aprel 1985-yil (1985-04-25) (39 yosh)
Tavallud joyi Kishinyov, Moldaviya SSR
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dinamo-Auto Tiraspol
Raqami 12
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009–2011 Dacia Chișinău 31 (0)
2011–2012 Sfîntul Gheorghe 24 (0)
2009–2012 Zimbru Chișinău 4 (0)
2012 Dacia Chișinău 0 (0)
2012–2013 Speranța Crihana Veche 11 (0)
2013–2014 Dacia Chișinău 9 (0)
2014 Zaria Bălți 15 (0)
2015 Andijan 28 (0)
2016– Dinamo-Auto Tiraspol 23 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2015-yil 4-aprel uchun)

Ghenadie Moșneaga (1985-yil 25-aprelda tugʻilgan, Kishinyov, Moldaviya SSR) — moldaviyalik darvozabon. Hozirda u Tiraspolning „Dinamo-Auto“ jamoasida oʻynamoqda.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U oʻz faoliyatini 2009-yilda Dacia Kishinyovda boshlagan. Dacia jamoasi safida ikki mavsum davomida, 2010/11-yilgi mavsumda chempionlik va 2009/10-yilgi mavsumda esa mamlakat kubogi sohib boʻldi. 2011-yilgi mavsum oldidan Dacia jamoasidan „Sfintul Georghe“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Sfintul Georghe klubi safida bir mavum davomida toʻp surgach, 2012-yilgi mavsum oldidan „Speranța Crihana Veche“ jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Crihana Veche shahri jamoasida uzoq vaqt toʻp surmadi va mavsum oxoirda klubni tark etdi. 2013-yilgi mavsum olddan sobiq jamoasi Dacia klubi safiga qaytdi. Bu safargi jamoaga qaytish avvalgisi kabi muvaffaqiyatli boʻlmadi. Kishinyiv jamoasida ham bir mavsum toʻp surganidan soʻng, 2014-yilgi mavsumida Moldovaning shimoliy Bălţi shahrining FC Bălți jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2015-yilda Oʻzbekiston Superligasi jamoasi „Andijon“ klubi bilan shartnoma imzolagan[1] Moșneaga „Andijon“ jamoasi safida bir mavsumda 28 ta uchrashuvda harakat qilib, 6 ta oʻyinda oʻz darvozasin daxlsizligi saqlab qoldi. Ammo mavsum yakunida musoboqaning eng yazxshi darvozabonlaridan birga aylanganiga qaramay klubni tark etdi.[2][3][4].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U faoliyati davomida Moldova Oʻzbekiston milliy ligalarida toʻp surdi. Yuqori ligalarda 150 dan oshiq oʻyida qatnashib 40 ga yaqin oʻyinda oʻz darvozasi daxlsizlgini saqlab qolgan.

Dacia
  • Moldova milliy divizioni (1): 2010/11
  • Moldova kubogi sohibi (1): 2009/10