Getto
Getto – ilk oʻrta asrlarda Gʻarbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarida yahudiylar yashashi uchun ajratilgan shahar qismi. Getto istilohi ital. ghetta – zambarak zavodi soʻzidan olingan boʻlib, Venesiyadagi ushbu zavod yonida 1516-yil yahudiylar mahallasi (kvartali) taʼsis etilgan, Ikkinchi jahon urushi davrida natsistlar tomonidan Sharqiy Yevropaning bir qancha shaharlarida gettolar tashkil qilinib, yahudiylarni „qirish lageri“ga aylantirildi. Bu atama baʼzan huquqi poymol etilgan mayda millatlar joylashgan shahar tumaniga nisbatan ham ishlatiladi.
Oʻrta asrlarda Yevropa va Osiyoning qator mamlakatlarida shaharning maʼlum bir qismiga diniy, mazxabiy, irqiy va xatto kasbiy mansubligiga qarab odamlarni majburiy joylashtirish – Getto deyilgan[1]. Dastlab oʻrta asrlardan boshlab gettolarga yaxudiy millatiga mansub kishilarni joylashtirishgan. Ikkinchi jahon urushi davrida yaxudiylar uchun ajratilgan Varshava gettosi „mashxur“ boʻlgan. Amerika va boshqa yangi qitʼalar kashf etilgandan soʻng AQSH, Kanada, Braziliya, Janubiy Afrika Respublikasi va Avstraliyada bunday joylarni „rezervatsiya“ deb atay boshlashgan. Tub aholi cheklangan bir xududga majburiy haydab kelib joylashtirilgan. Getto va rezervatsiyalar yevropaliklarni doimo maʼnaviy javobgarlikga undab turadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Getto“ Abdulatif Adhamov, 2014-12-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-11-25
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |