Kontent qismiga oʻtish

Geteralar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geteralar (yun. hetaira — dugona, maʼshuqa) —1) Yunonistonda turmushga chiqmay erkin hayot kechiruvchi turli ijtimoiy qatlamga mansub oʻqimishli ayollar. Mashhur G., odatda, yaxshi maʼlumot olishgan, musiqa, falsafa, adabiyot va b.dan xabardor boʻlib jamiyatda sezilarli rol oʻynashgan. G. timsollari haykaltaroshlik, devoriy rasmlar, sopol bezaklarida aks etgan; 2) majoziy maʼnoda —engiltabiat ayollar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil