Kontent qismiga oʻtish

Geron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geron, aleksandriyalik Geron (Heronus Alexandrinus) (taxminan 1-asr) — yunon olimi. Asarlarida ("Pnevmatika", "Mexanika") antik dunyo olimlari tatbiqiy mexanika sohasida erishgan asosiy yutuqlarni izchil bayon qilib bergan. "Mexanika"da 5 oddiy mashina: richag, chigʻir, pona, vint va blokni tasvirlagan. Oʻzi ham mexanizm va avtomatlar yaratgan, bular oʻsha davr uchun ancha katta muvaffaqiyat edi. Uning "muqaddas" suv sotish avtomati hozirgi gazli suv sotish avtomatining oʻtmishdoshi hisoblanadi. U yaratgan gidravlik mashinalar yordamida suv chiqargichlar takomillashtirilgan "Dioptr haqida"gi asarida yerni suratga olish qoidalari, burchaklar oʻlchanadigan asbob — dioptr (hoz. teodolitning oʻtmishdoshi) bayon qilingan. "Irgʻitish mashinalari tayyorlash haqida" risolasi qad. artilleriya asoslarini yoritgan. G.ning matematikaga oid asarlari qad. zamon amaliy matematikasining qomusi hisoblanadi. "Metrika" asarida turli geometrik shakllarni aniq va taqribiy hisoblash qoidalari va formulalari keltirilgan (qarang Geron formulasi).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil