Germaniya gerbi
Germaniya gerbi | |
---|---|
Mamlakat | Germaniya |
Qabul qilindi | 20-yanvar, 1950-yil |
Dizayn | oltin qalqonda oʻng tomonga qarab turgan qora, ochiq qanotli, patlarining uchi pastga qaratilgan burgut tasvirlangan. Uning tumshugʻi, tili, panjalari va tirnogʻi qizil rangda. |
Federal gerb (nemischa: das Bundeswappen) Germaniya Federativ Respublikasining gerbida —oltin qalqonda oʻng tomonga qarab turgan qora, ochiq qanotli, patlarining uchi pastga qaratilgan burgut tasvirlangan. Uning tumshugʻi, tili, panjalari va tirnogʻi qizil rangda.[1].
Federal gerb va Germaniya federal burgutining tashkil etilishi 1950-yil 20- yanvarda tashkil etilishi boʻlib oʻtdi, ammo u faqat tavsifni oʻz ichiga oldi holos. Gerbning rasmi 1952-yil 4-yulda[2] qabul qilindi u 1928- yildagi Germaniya gerbi naqshini toʻliq takrorlaydi.
Burgut qalqonsiz tasvirlanishi ham mumkin, unda u federal burgut deb ataladi (nemischa: der Bundesadler ) va bir nechta boshqa tasavvurlarga ega.
Shuningdek, „federal qalqon“ nomi ostidagi oʻzgacha dizaynga ega gerbda(nemischa: Bundesschild ) burgut biroz boshqacha shaklga ega. Gerbning ushbu versiyasi faqat federal hokimiyat tomonidan (shu jumladan bayroqlarda) foydalanish uchun taqdim etiladi, uni boshqa maqsadlarda ishlatish taqiqlanadi.
Gerbning tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Germaniya Federativ Respublikasining gerbida burgut tasvirlangan. Bu qush odamlar tomonidan qadim zamonlardan buyon jasorat, hayotiylik va quyoshning ramzi boʻlganligi sabab ulugʻlandi.
Manes kodeksi qora Burgutli oltin qalqonni qizil tumshugʻi va panjalari bilan Muqaddas Rim imperatori Genrix IVning gerbi sifatida olib boradi (xuddi shu qalqon hozirgi kungacha imperiyaning sobiq poytaxti Axen gerbidir). XV asrdan boshlab ikki boshli burgut Muqaddas Rim imperatorining ramzi boʻlib, ikkala boshning tepasida bitta toj bor. Keyinchalik, XIX asrda ikki boshli burgut Avstriya-Vengriya hokimiyatining ramzi boʻldi, Germaniya parlamenti (1848-yil) (nemisnemischa: Paulskirchenparlament ) davrida esa german reyxining gerbi boʻldi. Koʻplab shohliklar, gersoglar va okruglarning qoʻllarida burgutdan tashqari boshqa ramzlar ham ishlatilgan: kalitlar, qal’alar, ayiqlar, sherlar, tojlar va boshqalar. Burgut davlat ramzi sifatida oʻz tarixini Birlashgan Germaniya reyx davrida (1871-1918) va Veymar Respublikasi davridan (1918-1933) buyon davom ettiradi. Natsistlar, shuningdek, burgutning tirnoqlardagi eman novdali tasvirini oʻz kuchining davlat ramzi sifatida ishlatgan.
Kaiser Germaniya gerbidagi burgut toj kiygan edi. Respublika davrida monarxiyaning ramzi boʻlgan toj nemis gerbidan abadiy gʻoyib boʻldi. Urushdan keyingi Germaniya burgutning tasvirini Veymar Respublikasining davlat ramzi sifatida qabul qildi.
Hozirgi Gerbning eskizini rassom Tobias Shvab 1926-yilda yaratgan. Hozirgi nemis burguti qisqa quyruqga ega va patlari aniq va batafsil chizilgan emas. Mamlakatning emblemasi sifatida burgut Germaniya Federal prezidenti Teodor Hoises tomonidan 20-yanvar 1950- yil kiritilgan. Gerbning matni Veymar Respublikasining gerbi tavsifidan deyarli oʻzgartirilmagan, faqat „reyx“ soʻzi „Bund“soʻzi bilan almashtirilgan.
Burgutni eskizlari Davlat muhrlari, bayroqlar, tangalar va pochta markalarida tasvirlash uchun Veymar Respublikasi davrida ishlatilgan.
Germaniya Ittifoqining gerbi 1816-1866
[tahrir | manbasini tahrirlash]1866-1871 Shimoliy Germaniya Ittifoqining gerbi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Germaniya davlatining gerbi 1871-1888
[tahrir | manbasini tahrirlash]Germaniya imperiyasining gerbi (Germaniya davlati) 1919-1935
[tahrir | manbasini tahrirlash]1919-yil11-noyabr imperia (davlat) gerbi va imperia (davlat) burgutiga nisbatan buyruq:
Imperiya (davlat) gerbi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
Imperia (davlat) burguti
[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
1935—1945-yillarda eng yuqori davlat belgisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1933-yilda Reyxkansler Adolf Gitler tomonidan gerb namunasini tayyorlash tayinlanganidan soʻng, 1919- yilgi namuna,1935-yil 5-noyabrda davlatning eng yuqori belgisi toʻgʻrisidagi Nizom oʻrnatilgunga qadar foydalanishda davom etildi:
Germaniya Federativ Respublikasining Gerbi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Federal gerb[tahrir | manbasini tahrirlash]
Federal burgut[tahrir | manbasini tahrirlash]
Germaniya Demokratik Respublikasining Gerbi (Emblemasi)[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|