Kontent qismiga oʻtish

Georgiy Izraelyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Georgiy Semyonovich Izraelyan [1900.2.3.(15.3), Ozarbayjon, Chaykent qishlogʻi – 1992.13.6, Toshkent] – opera xonandasi (bariton), pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti, prof. (1967). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1935). Moskva konservatoriyasi opera studiyasi (1937— 39), Toshkent rus opera va balet teatri xonandasi (1939-48), direktori (1939-41), K. Stanislavskiy va V. Nemirovich-Danchenko nomidagi opera teatr studiyasi (1948—50), Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1955—72) xonandasi. Toshkent konservatoriyasida pedagog (1939—48 va 1955-yildan), vokal ka-fedrasining mudiri (1957—78). Oʻzbek operalarida Boʻron, Xudoyorxon (S. Vasilenko, M. Ashrafiy, „Boʻron“, „Ulugʻ kanal“), mumtoz operalarda Boris Godunov (M. Musorgskiy, „Boris Godunov“), Demon (A. Rubinshteyn, „Demon“), Mefistofel (Sh. Guno, „Faust“), Figaro (J. Rossini, „Sevilya sartaroshi“), Amonasro (J. Verdi, „Aida“) va b. partiyalarni ijro etgan. Ovoz diapazoni keng, chiroyli, tiniq tembrga ega. Kamer repertuaridan chet el kompozitorlarining romanslari, xalq qoʻshiklari oʻrin olgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil