Kontent qismiga oʻtish

Geokimyoviy anomaliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geokimyoviy anomaliyaYer poʻstining muayyan kimyoviy elementlar yoki ular birikmalarining konsentratsiyasi klarksan koʻpligi yoki kamligi bilan farq qiladigan va foydali qazilmalarda yigʻilgan joyiga nisbatan (ruda jismi, neft yoki gaz uyumi va b.) qonuniyatli joylashgan uchastkasi (yer yuzasi).

Geokimyoviy anomaliya manfiy va musbat boʻladi. Musbat geokimyoviy anomaliyada togʻ jinslarida elementlar klarkdan 2-3 marta koʻp, manfiy geokimyoviy anomaliyada esa aksincha boʻladi. Geokimyoviy anomaliya musbat yoki manfiy boʻlishidan qati nazar geologik qidirish va suratga tushirish (sʼyomka) ishlarida qoʻllanadi. Masalan, Oʻrta Osiyoda uran konlarini qidirishda manfiy geokimyoviy anomaliya, oltin konlarini qidirishda esa margimushning musbat geokimyoviy anomaliyasi muhim rol oʻynaydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil