Kontent qismiga oʻtish

Generalissimus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Generalissimus (lotincha, generalissimus — eng oliy) — baʼzi mamlakatlar qurolli kuchlaridagi oliy harbiy unvon. Dastlab 1569-yil Fransiyada joriy etilgan. Rossiyada generalissimus unvon sifatida Pyotr I tomonidan joriy etilgan (1716). A. D. Menshikov (1717), A. V. Suvorov (1799) va boshqalar shu unvonga sazovor boʻlishgan. Sobiq Ittifoqsa generalissimus unvoni 1940 yil taʼsis etilgan va faqat I. V. Stalinga berilgan. XX asrda Ispaniyada F. Franko, Xitoyda Chan-Kayshi, KXDRda Kim Ir Sen va boshqalarning generalissimus unvoni boʻlgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil