Gemolitik anemiya
Gemolitik anemiya | |
---|---|
Belgilari | charchoq, terisi rangpar, nafas yetishmovchiligi, taxikardiya |
Mutaxassislik | GematologiyaGematologiya |
Turlari | Irsiy sferotsioz, oʻroqsimon anemiya, eritroblastoz |
Sabablari | Gemoliz |
Tashxis usullari | Qon tahlili |
Gemolitik anemiya - eritrotsit(qizil qon tanachalari) larning irsiy, turli anormal shakllarga ega boʻlishi natijasida kapillarlardan oʻtayotganda tez parchalanish hodisasi natijasida yuzaga keladigan kamqonlik turi.[1] Gemolitik anemiyada qizil qon tanachalarining parchalanishi asosan taloqda amalga oshadi. Eritrotsitlar soni normal yoki baʼzi gemolitik kasalliklarda bir qancha yuqori boʻlsada, ularning hayot davomiyligi qisqa boʻladi va parchalanishi hosil boʻlishidan tezroq boradi.[1] Gemolitik anemiyaning bir qancha turlari maʼlum boʻlib, ularga irsiy sferotsioz, oʻroqsimon anemiya, eritroblastoz kabilar kiradi.
Irsiy sferotsioz
[tahrir | manbasini tahrirlash]Irsiy sferotsiozda qizil qon tanachalari kichik va sferik shaklda boʻladi.[1] Bu hujayralar siqilishlarga bardosh berolmaydi, chunki ular normal RBC lar kabi "sumka" tuzilishiga ega emas. (yaʼni harakatlanayotganda qon tomir holatiga koʻra shaklini oʻzgartirolmaydi).[2]
Oʻroqsimon anemiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻroqsimon anemiya Gʻarbiy Afrika va Amerika qora tanlilarining 0,3-1% i qonida gemoglobinning anormal S turi boʻladi.[3] Bunda gemoglobinning betta zanjirida oʻzgarish mavjud boʻlib, glutamat oʻrniga valin kelishi bilan bogʻliq.[3] Bu gemoglobin past konsentratsiyali kislorodli muhitda uzun zanjirli kristal holiga keladi.[1][2] Bu kristallar hujayrani oʻroqsimon shaklda choʻzadi va choʻzilish hisobiga hujayraning moʻrtlashishidan tashqari, oʻroqsimon hujayra qon tomirlarda tiqinlar hosil qilishi mumkin. Natijada bemorlarda oʻroqsimon "krizis"lar kuzatiladi.[1]
Eritroblastoz fetalis[1]
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eritroblastoz fetalis homila RBClaridagi rezus omil positiv (Rh+) onadagi rezus omil negativ (Rh-) boʻlganda, ona organizmi tomonidan Rh+ RBClar antigen hisoblanadi va onaning antitelolari xujumiga uchraydi.[1][3] Natijada hujayralar qobigʻi moʻrtlashadi va tez yorilish (gemoliz) kuzatiladi.[2] Oqibatda homila anemiya bilan tugʻiladi. Juda koʻplab parchalangan hujayralarning oʻrnini bosish uchun suyak koʻmigidan yangi RBClar bilan birgalikda blast hujayralar ham chiqarildi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |