Kontent qismiga oʻtish

Gelikoid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gelikoid (yun. helikos — spiral va eidos — tur) — vintsimon (spiralsimon) sirt turlaridan biri; toʻgʻri chiziq qoʻzgʻalmas oʻq atrofida doimiy burchak tezligida aylanib, ayni paytda shu oʻq boʻylab doimiy tezlikda ilgarilama harakatlanganda hosil boʻladi. Toʻgʻri chiziq qoʻzgʻalmas oʻqni toʻgʻri burchak ostida kesgan hoddagi G. toʻgʻri G. deyiladi. G. barcha nuqtalarida oʻrtacha egriligi nolga teng boʻlgan sirtlar (minimal sirtlar) jumlasiga kiradi. G.dan texnikada keng foydalaniladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil