Gefest
Qiyofa
Gefest — yunon mifologiyasida olov hamda temirchilik xudosi. Kasbhunar homiysi sifatida eʼzozlangan. Zevs bilan Geraning (yoki faqat Geraning) oʻgʻli. Ikkala oyogʻi choʻloq, badbashara boʻlgan holda soqibjamol Afroditaga uylangan. Gefest — qoʻli gul usta; yer ostidagi bahaybat temirchilik ustaxonasida Zevs uchun chaqmoq va momaqaldiroqlar tayyorlab beradi, deb tasavvur qilingan. Gefest toʻgʻrisidagi miflar Yunonistonda badiiy hunarmandchilik yuksak darajada rivojlanganligini ifoda etar edi. Odatda, Gefest hunarmand kiyimida, qoʻlida bolgʻa yoki ombur ushlagan holda tasvirlangan. Rim mifologiyasidagi Vulkani mos keladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |