Kontent qismiga oʻtish

Gaz razryadi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gazlardagi elektr zaryadsizlanishi gazning ionlanishi tufayli gaz muhitidan elektr toki o'tganda sodir bo'ladi. Bir necha omillarga qarab, tok ko'zga ko'rinadigan yorug'likni chiqarishi mumkin. Gazlardagi elektr razryadlarining xossalari yorug'lik manbalarini loyihalash va yuqori kuchlanishli elektr jihozlarini loyihalash bilan bog'liq holda o'rganiladi.

Gazlarda elektr toki Barcha gazlar normal sharoitda yaxshi izolyator bo‘ladi. Buning sababi ularda erkin harakatlanuvchi elektr zaryadlarining yo‘qligidir. Biroq biror sababga ko‘ra, gazda erkin zaryadlar paydo bo‘lsa, u o‘tkazgich bo‘lib qoladi. Gaz orqali elektr toki o‘tish hodisasi gaz razryadi deb ataladi. Odatdagi sharoitlarda gazlar neytral atom va molekulalardan iborat bo‘ladi. Isitish yoki nurlanish ta’siri natijasida bir qism atomlar ionlashadi — neytral atomlar musbat ion va elektronga ajraladi. Bu jarayon ionlashish deb, ionlashishni yuzaga keltiruvchi tashqi ta’sir esa ionlagich deb ataladi.

Gazlarda razryat hodisalarni kuzatish uchun quyidagi tajribalarni o”tkazamiz ( 1 rasm ).Musbat va manfiy zaryadlangan A va K plastinkalar orasidagi gaz I ionlagich ta’sirida bo‘lsin. Bu ikki plastinka orasidagi kuchlanish P potensiometr yordamida boshqarilib, ular orasida kuchli maydon hosil qilinadi. Gazlarning ionlanishida hosil bo‘luvchi tok juda kichik bo‘lganligidan, zanjirga sezgir G galvanometr ulangan. Kuchlanish juda kichik bo‘lganda galvanometr deyarli ko‘rsatmaydi. Demak, tok kuchi nolga teng. Kuchlanish ortishi bilan tok ma’lum qiymatgacha chiziqli bog‘lanishda ortib boradi.

Ionlagichlar ta’sirida gazlar oson ionlashadi. Bunda ba’zi molekulalar shunchalik tez harakatlanadiki, hatto ular boshqa molekulalar bilan to‘qnashish natijasida ionlarga ajraladi. Òemperatura qanchalik yuqori bo‘lsa, ionlar shuncha ko‘p hosil bo‘ladi. Ionlashish natijasida atomdan ajralib chiqqan elektron biror muddat erkin qoladi yoki darhol gazning neytral molekulalaridan biri bilan birlashib, bu molekulani manfiy ionga aylantiradi. Binobarin, ionlashgan gazda musbat va manfiy ionlar hamda elektronlar bo‘ladi

Shunday qilib, gazlarda metallarda bo‘ladigan elektron o‘tkazuvchanlik bilan elektrolitlarda bo‘ladigan ionli o‘tkazuvchanlik birga qo‘shiladi

Demak, gazlar elektron-ionli o‘tkazuvchanlikka ega. Molekula yoki atomdan bitta elektronni ajratib chiqarish uchun ionlagich ma’lum ish bajarishi kerak, bu ish ionlashish ishi deb ataladi. Ko‘pchilik gazlar uchun uning qiymati 5 dan 25 eV gacha yetadi.

Gazda ionlashish bilan birga ionlarning rekombinasiya jarayoni ham boradi. Natijada ionlarning ma’lum konsentrasiyasi bilan xarakterlanuvchi muvozanat holat qaror topadi, ionlarning bunday konsentrasiyasi ionlagichning quvvatiga bog‘liq bo‘ladi. (Ionlagichning quvvati shu ionlagichning gazning birlik hajmida vaqt birligi davomida hosil qilgan ionlar jufti bilan xarakterlanadi.)

Ikki elektrod orasidagi ko'chki effekti. Dastlabki ionlanish hodisasi bitta elektronni chiqaradi va har bir keyingi to'qnashuv yana bir elektronni chiqaradi, shuning uchun har bir to'qnashuvdan ikkita elektron paydo bo'ladi: ionlashtiruvchi elektron va ozod qilingan elektron.
Gaz bosimini oshirish orqali argonda porlashdan yoy oqimiga o'tish.