Gavr
Qiyofa
Gavr — Fransiyadagi shahar, Sena daryosi Sena qoʻltiqchasiga (La-Mansh boʻgʻozi) quyiladigan joyda. Aholisi 196 ming kishi (1990). Yirik port, Parijning avanporti: Chetga chiqariladigan yuklarning 70—80% neft. Gavan yaxshi jihozlangan. Kemasozlik, mashinasozlik, kimyo, sement, ip gazlama, oziq-ovqat sanoati, rangli metallurgiya, neft tozalash korxonalari bor. G. orqali chetga neft, paxta, kofe, shakarqand chiqariladi. Okeanografiya instituti, shahar yaqinidagi cherkovda (11—14-asrlar) oʻrta asr haykaltaroshligi va arxeologiya muzeyi bor. G. 1517-yilda baliqchilar shaharchasi oʻrnida barpo etilgan. 17—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.[1]