Garmo muzligi
Qiyofa
Garmo muzligi — Pomirdagi muzlik. Vaxshning chap irmogʻi Obixingov va Panjning oʻng irmogʻi Vanch daryosining boshlanish qismida (Tojikiston Respublikasi). Uzunligi 30,4 km, eni qariyb 2 km, mayd. 115 km². Chuqur vodiyda joylashgan. Muzlikning uchi 2980 m balandlikda, muzlik tili morena bilan qoplangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil