Kontent qismiga oʻtish

Galvanik ajratilgan aloqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Galvanik ajratilgan aloqa deb (inglizcha: galvanic isolation) — elektr zanjirlarida energiya yoki signalning elektr kontaktlar ishtirokisiz oʻzaro uzatilishiga aytiladi. Galvanik ajratilgan aloqa signallarni kontaktsiz uzatish orqali boshqaruv talab etilgan xolatlarda va odam va uskunalarni elektr tokidan jaroxatlanishdan saqlash maqsadlarida qoʻllanadi. Galvanik ajratilgan aloqani taʼminlash vositasi boʻlib asosan transfarmator yoki optronlar qoʻllanadi. Texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi moddalar, xususan gazlar — vodorod, metan, azot-vodorod aralashmalari portlash xavfini keltirib chiqaradi. Shu nuqtai nazardan oʻlchov-nazorat datchiklari va binolarda portlashni keltirib chiqarishga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan uchqunlar yoki qisqa tutashuvlarni oldini olish zaruriy shart xisoblanadi. Shuning uchun qayta ishlovchi interfeyslar (kompyuterlar, tablolar) tashqi datchiklar bilan oʻzaro bogʻlanishi toʻgʻridan tugʻri boʻlmay, balki galvanik jixatdan oʻzaro ajratilgan xolatda amalga oshirilgan. Bundan asosiy maqsad aloqa liniyasidagi paydo boʻlishi mumkin boʻlgan qisqa tutashuv va uchqun paydo boʻlishi xavfini oldini olish boʻlib, bu orqali IO-modullar va sistemaning portlash xavfi bor obektdagi xavfsizligi taʼminlanadi. Galvanik ajratilgan aloqa uchun MTL uchqun ximoyasi terminallaridan foydalanilgan.