Kontent qismiga oʻtish

Galit Chait

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Galit Chait

Chait va Saxnovskiy
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Isroil
Tavalludi 29-yanvar 1975-yil (1975-01-29) (49 yosh)
Kfar Saba, Isroil
Oldingi sheriklari Sergey Saxnovskiy
Jamoasi Bat Yam Club
Uchishni boshlagan 1984
Yakunlagan 2007
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 204.42
Standart raqs 40.98
Original raqs 63.07
Erkin raqs 106.46

Galit Chait (ivritcha: גלית חייט; Galit Hayat ; 1975-yil 29-yanvarda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan isroillik muz raqqosasi. Sherigi Sergey Saxnovskiy bilan birga 1995-yildan 2006-yilgacha Isroil vakili sifatida xalqaro musobaqalarda qatnashib, 2002-yilgi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan[1].

Chait 1990-yili sport oromgohida dars beruvchi otasi bilan Rossiyaga sayohat qilganida ilk bor muz ustida raqs sport turini oʻzida sinab ko‘rgan[2].

Chait 1992 — 1994-yillarda Maks Sevostianov bilan juftlikda AQShning milliy musobaqalarida qatnashgan. Juftlik 1994-yilgi AQSh chempionatida murabbiy Rene Roka bilan mashgʻulotlar oʻtagan. 1994-yilda juftlik U. S. Nationals musobaqasida 6-oʻrinni va Jahon chempionatida 28-oʻrindan joy olgan (Isroilni vakili sifatida[3]).

Chait Sergey Saxnovski bilan Delaver universitetida oʻqib yurganida tanishib qolgan. 1995-yildan boshlab u bilan juftlik hosil qilgan. Ular Nyu-Yorkning Monsi shahriga koʻchib oʻtishdan oldin murabbiylar Lyudmila Buytskova va Yelena Maslenikova bilan dastlab Rossiyada musobaqalar uchun tayyorgarlik koʻrishgan. Juftlik xalqaro reytingda muttasil yuksalgan[4]. Ularning faoliyatidagi eng yorqin voqea 2002-yilgi Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritganida sodir boʻlgan. Sergey Saxnovski oyogʻidan jarohat olgan va bu juftlikni 2006 — 2007-yilgi mavsumni oʻtkazib yuborishga majbur qilgan va keyinchalik ular isteʼfoga chiqishlarini eʼlon qilgan. Juftlikka Natalya Dubova, Tatyana Tarasova, Yevgeniy Platov, Natalya Linichuk va Gennadiy Karponosov murabbiylik qilgan.

Chait 2002 va 2006-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Isroil bayroqdori boʻlgan.

Chait Xalqaro konkida uchish ittifoqining texnik mutaxassisi sanaladi.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chait quyidagi konkida uchuvchilarga murabbiylik qilgan:

2010-yildan boshlab Chait figurali uchish boʻyicha Isroil jamoasining bosh murabbiyi etib saylangan.

(Saxnovskiy bilan)

Mavsum Original raqs Erkin raqs
2005 — 2006

  • Cha Cha

    Manhattan Transfer
  • Rhumba

    Mambo Kings
  • Samba

    Crazy Brazilians
2004 — 2005

2003 — 2004

1998 — 1999

  • Waltz
  • Rus xalq qoʻshigʻi

GP: Chempionlar seriyasi / Gran-pri

Saknovskiy bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalqaro
Musobaqa 95 — 96 96 — 97 97 — 98 98 — 99 99 — 00 00 — 01 01 — 02 02 — 03 03 — 04 04 — 05 05 — 06
Olimpiada 14 6 8
Jahon chempionati 23 18 14 13 5 6 3 6 7 6 6
Yevropa chempionati 14 12 10 6 5 5 6 5 4 5
GP finali 4 5 5 4 4
GP Chinese Cup 2 2
GP Russian Cup 7 3 2 3 2
GP Lalique 5 6
GP Nations/Bofrost 7 5 2
GP NHK Trophy 7 5 3 3
GP Skate America 4 2 4 2
GP Skate Canada 2 2 4 3
Yaxshi niyat oʻyinlari 2
Skate Israel 6 2 1 1 1 1 1
Vena Cup 3
Lysiane Lauret 1
Milliy
Isroil chempionati 1 1 1 1 1 1 1 1 1
  1. „Wedding“. Israel Ice Skating Federation (2008-yil avgust). 2012-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Yofis, Andrey. „Galit Chait: "Every day I look forward to the next training session"“. Absolute Skating (2017-yil 21-yanvar).
  3. „Chait, Galit“. Jews in Sports. Qaraldi: 2014-yil 28-fevral.
  4. „Le nozze "italiane" di Galit Chait“ (it). ArtOnIce.it (2008-yil 3-sentyabr).