Gabonda Islom
2020-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Gabonda Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar umumiy aholining 10 foizini (tax. 230 ming kishi) tashkil etadi. Mamlakat aholisining aksariyati nasroniy[1]. Gabon musulmonlarining deyarli barchasi sunniy islomga amal qiladi[2]. Mamlakatda musulmonlar diniy targʻibot qilish va masjidlar qurish huquqiga ega.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom Gabonga dastlab 19—20-asrlarda fransuzlar tomonidan yuborilgan senegallik askarlar va xausa savdogarlari orqali kirib kelgan. Biroq islom dini 1970—1980-yillargacha faol tarqalmagan. Gabon prezidenti Omar Bongoning Islomni qabul qilishi, boshqa taniqli gabonlik shaxslarning ham musulmon boʻlishi dinning ommalashuviga turtki boʻldi. Oʻshandan beri Islom mamlakatdagi muhim dinlardan biriga aylandi[3].
Gabondagi aksariyat musulmonlar mahalliy gabonliklardir. Chetdan kelgan musulmonlarning aksariyati Gʻarbiy Afrikadan[4]. 2017-yil holatiga koʻra, Gabon 24 ta masjid mavjud. Eng yirik masjidlar Librevil, Port-jantil, Franceville va Oyemda joylashgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ The ARDA website, retrieved 2023-08-03
- ↑ US State Dept 2022 report
- ↑ Yates, Douglas A.. Historical Dictionary of Gabon (en). Rowman & Littlefield, 2017 — 250–251-bet. ISBN 978-1-5381-1012-6.
- ↑ 4,0 4,1 Yates, Douglas A.. Historical Dictionary of Gabon (en). Rowman & Littlefield, 2017 — 250–251-bet. ISBN 978-1-5381-1012-6.