Kontent qismiga oʻtish

GN-z11

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
GN-z11

GN-z11 galaktikasining GOODS-North tadqiqotidan olingan rasmi.
Maʼlumot
Yulduz turkumi Katta Ayiq[1]
Obyekt turi Tartibsiz
Joylashuvi
Davri J2000.0[1]
Oʻng ochilishi 12h 36m 25.46s[1]
Koʻrinishi
Yulduz kattaligi 25.8H
Burchak diametri 0,6 y.d.son.
Fizik xossalari
Masofa taxminan 32 mlrd (9,8 mlrd p.) million yorugʻlik yili
Qizil surilishi 10.6034±0.0013[2]
Burchak tezligi 295,050 ± 119,917 km/s (183,336 ± 74,513 mi/s) km/son
Massasi ~1×109
Shuningdek qarang: Galaktika, Galaktikalar roʻyxati

GN-z11 – Katta Ayiq yulduz turkumida joylashgan yuqori qizil siljishli galaktika. Qizil siljishi z=10,6034 ga teng[3]. U hozirgacha topilgan Yerdan eng uzoqda joylashgan galaktikalardan biridir[4][5]. Yerdan uzoqligi 32 mlrd yorugʻlik yiliga yoki 9,8 mlrd parsekga teng[6]. Yorugʻlik-sayohat masofasi 13,4 mlrd yorugʻlik yili yoki 4,1 mlrd parsek[7][8]. 2022—yilda Jeyms Uebb kosmik teleskopi tomonidan JADES-GS-z13-0 kashf etilgunga qadar GN-z11 kuzatilishi mumkin boʻlgan koinotda aniqlangan eng qadimgi va eng uzoq galaktika hisoblangan[9]. Gn-z11 galaktikasi kattaligi boʻyicha Somon Yoʻli galaktikasidan 25 baravar va Yulduzlar massasidan 100 baravar kichikdir. Yulduz hosil boʻlishining kuzatilgan tezligi Somon Yoʻlidagi hozirgi koʻrsatkichdan 20 baravar yuqori ekanligi taxmin qilinmoqda. Ob’ektning nomi uning GOODS-North galaktikalar maydonidagi joylashuvi va yuqori kosmologik qizil siljish raqami (GN + z11) tufayli olingan[10]. Galaktikaning qizil siljishi shunchalik yuqoriki, uning burchak diametri masofasi qizil siljishi pastroq boʻlgan baʼzi galaktikalarnikidan kamroq. Bu uning burchak oʻlchamining yorugʻlik yilidagi oʻlchamiga nisbati kattaroq ekanligini anglatadi.

HD1 galaktikasi kashf etilishidan oldin GN-z11 Koinotdagi eng uzoq obyekt boʻlgan[11], garchi UDF-39546284 galaktikasi mavjud boʻlsa-da, uning qizil siljishi 11,9 ga teng[12]. Bundan oldinroq, 2015—yilning yozida Gavayidagi Kek rasadxonasida topilgan Egsy8p7 (masofa – 13,1 milliard yorugʻlik yili, qizil siljish z = 8,68) Yerdan eng uzoq galaktika deb hisoblangan.

Galaktika Hubbl kosmik teleskopining "Cosmic Assembly Near-infrared Deep Extragalactic Legacy Survey" (CANDELS) (oʻz. ''Yaqin infraqizil chuqur ekstragalaktik meros tadqiqoti Kosmik Assambleyasi'') va Spitzer kosmik teleskopining "Great Observatories Origins Deep Survey-North" (GOODS-North) (oʻz. ''Buyuk rasadxonalarning kelib chiqishini chuqur oʻrganish'') maʼlumotlarini oʻrganuvchi guruh tomonidan aniqlangan[13][14]. Tadqiqot guruhi GN-z11 gacha boʻlgan masofani spektroskopik tarzda oʻlchash, koinotning kengayishi natijasida paydo boʻlgan qizil siljishni oʻlchash uchun Hubbl kosmik teleskopining Keng maydon kamerasi 3 (ing. Wide Field Camera 3 (WFC3)) dan foydalangan[15]. 2016-yil mart oyida eʼlon qilingan topilmalar galaktikaning Hubbl teleskopi kuzatishi mumkin boʻlgan masofa chegarasida, dastlab oʻylanganidan ancha uzoqda ekanligini koʻrsatdi. „Jeyms Uebb“ teleskopi hozirgacha kuzatilgan eng uzoq galaktikalardan toʻrttasini topdi, ulardan biri koinotni hosil qilgan Katta portlashdan atigi 320 million yil oʻtgach paydo boʻlgan, deb hisoblanmoqda. JADES-GS-z13-0 galaktikasining qizil siljishi z = 13,2 ni tashkil etadi, bu esa Katta ortlashdan keyin 320 mln yil oʻtib kashf etilgan eng uzoqdagi gallaktika sanaladi. JADES-GS-z10-0, JADES-GS-z11-0 va JADES-GS-z12-0 galaktikalarining qizil siljishi mos ravishda z = 10,38, 11,58 va 12,63 ga teng[16].

GN-z11 avvalgi rekordchi EGSY8p7 galaktikasidan taxminan 150 million yil katta va „koinotning qorongʻu asrlari deb ataladigan davrning oxiriga juda yaqin“, „reionizatsiya davrining“ boshiga yaqin kuzatilgan[10][13][15].

"Space Shuttle" dasturi orqali STS-125 kosmik kemasini ishga tushirishdan oldin „Keng maydonli kamera 3“.

Somon yoʻli galaktikasi bilan taqqoslaganda, GN-z11 oʻlchamining 1/25 qismini tashkil etadi, massasining 1% ni tashkil qiladi va yangi yulduzlarni taxminan yigirma baravar tezroq hosil qiladi[15]. Yulduzlar yoshi 40 million yil deb baholangan boʻlsa, galaktika oʻz yulduzlarini nisbatan tez shakllantirgan koʻrinadi[17]. Bunchalik massiv galaktikaning birinchi yulduzlar paydo boʻlishidan soʻng tez orada mavjud boʻlganligi, galaktikalar shakllanishining baʼzi hozirgi nazariy modellariga qiyinchilik tugʻdiradi[13][15].

GN-z11 galaktikasi joylashuvini koʻrsatadigan animatsiya

Rossiyalik rep musiqachi Andrey Vyacheslavovich Lisikov (Delfin) ning „Alvido, qurol“ nomli albomida GN-z11 nomli taronasi mavjud[18].

  1. 1,0 1,1 1,2 „Hubble Team Breaks Cosmic Distance Record - Fast Facts“. HubbleSite (2016-yil 3-mart). 2016-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-mart.
  2. Bunker, Andrew J. et al. (2023). "JADES NIRSpec Spectroscopy of GN-z11: Lyman- α emission and possible enhanced nitrogen abundance in a z = 10.60 luminous galaxy". Astronomy & Astrophysics 677: A88. doi:10.1051/0004-6361/202346159. 
  3. „JADES NIRSpec Spectroscopy of GN-z11: Lyman-α emission and possible enhanced nitrogen abundance in a z=10.60 luminous galaxy“ (en). arxiv.org (2023-yil 14-fevral). 2023-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-yanvar.
  4. Gohd, Chelsea. „Scientists think they've spotted the farthest galaxy in the universe“. Space.com (2020-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.
  5. O'Neill, Mariclaire; Whitehead, Nadia „Scientists Have Spotted the Farthest Galaxy Ever“. Center for Astrophysics (2022-yil 7-aprel). Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.
  6. Jiang, Linhua (January 2021). "Evidence for GN-z11 as a luminous galaxy at redshift 11". Nature Astronomy 5: 256–261. doi:10.1038/s41550-020-01275-y. 
  7. Borenstein, Seth. „Astronomers Spot Record Distant Galaxy From Early Cosmos“. Associated Press (2016-yil 3-mart). 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-may.
  8. „GN-z11: Astronomers push Hubble Space Telescope to limits to observe most remote galaxy ever seen“. Australian Broadcasting Corporation (2016-yil 3-mart). Qaraldi: 2016-yil 10-mart.
  9. Klotz, Irene. „Hubble Spies Most Distant, Oldest Galaxy Ever“. Seeker. Discovery, Inc. (2016-yil 3-mart). Qaraldi: 2020-yil 5-fevral.
  10. 10,0 10,1 „Hubble Team Breaks Cosmic Distance Record“. NASA (2016-yil 3-mart). Qaraldi: 2016-yil 10-mart.
  11. Amos, Jonathan. „Hubble sets new cosmic distance record“. BBC News (2016-yil 3-mart). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-mart.
  12. „R. J. Bouwens, et all — Confirmation of the z~10 Candidate UDFj-39546284 using deeper WFC3/IR+ACS+IRAC Observations over the HUDF09/XDF (2012)“. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.
  13. 13,0 13,1 13,2 „Hubble breaks cosmic distance record“. SpaceTelescope.org (2016-yil 3-mart). Qaraldi: 2016-yil 3-mart.
  14. „Hubble Team Breaks Cosmic Distance Record“. HubbleSite.org (2016-yil 3-mart). Qaraldi: 2016-yil 3-mart.
  15. 15,0 15,1 15,2 15,3 Shelton, Jim „Shattering the cosmic distance record, once again“. Yale University (2016-yil 3-mart). Qaraldi: 2016-yil 4-mart.
  16. „«Джеймс Уэбб» обнаружил старейшие из известных галактик“. 2023-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
  17. Oesch, P. A.; Brammer, G.; van Dokkum, P. (March 2016). "A Remarkably Luminous Galaxy at z=11.1 Measured with Hubble Space Telescope Grism Spectroscopy". The Astrophysical Journal 819 (2): 129. doi:10.3847/0004-637X/819/2/129. 
  18. „Дельфин поделился синглом «GN-z11», названным в честь самой далекой Галактики“. Наше радио. 2023-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-mart.