Gʻurbat
Gʻurbat (taxallusi; asl nomi Ab-dulla Maxdum Karimberdi oʻgʻli) (1850/53 — Fargʻona viloyati Beshariq tumani — 1918) — shoir. Qoʻqonda Muhammad Alixon madrasasida oʻqigan. Oʻzbek va tojik tillarida diniy-tasavvufiy va dunyoviy mavzularda ijod qilgan. Asarlarining katta qismini lirik gʻazallar tashkil etadi. Ularda dunyo norasoligidan nola-faryod qilgan, ilohiy va insoniy muhabbatni, yaxshi xulqlarni, ilm-maʼrifatni ulugʻlagan, yaramas feʼl-atvorli kishilarni hajv qilgan ("Ohkim shod ayla-mas...", "Qoʻlimda pora yoʻq...", "Gulo, ovorai har du jahon qilding..." va boshqalar). Uning Qoʻqon-Namangan-Andijon sayohatlari haqidagi xotiralari mashhur. Gʻurbat sheʼrlaridan devon (10 ming misraga yaqin) tuzgan. Unga 442 gʻazal, 25 muxammas, 12 ruboiy, 7 murabbaʼ, 3 marsiya, 1 taʼrix va 2 chorbayt kirgan. "Devoni Gʻurbat" qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi (inv. №10067).
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rahmatova D., Muqimiy izdoshlari(Gʻurbatva Rojiy), T., 1978; Qayyumov P.. Tazkirai Qayyumiy, T., 1998.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |