Gʻoʻza ildiz biti
Gʻoʻza ildiz biti (Tprgpas1argp<; razeoP Ra$ya.) — ArMsNdaye oilasiga mansub qanotsiz hasharot. Gʻoʻza va boshqa ekinlar zararkunandasi. Oqish zargʻaldoq tusli, tanasi deyarli dumaloq, ogʻiz apparati sanchib-soʻruvchi, moʻylovlari uch boʻgʻimli. Shira naychalari va dumi yoʻq. Tanasi, oyogʻi va moʻylovlarining usti mayda tukchalar bilan qoplangan. Toshkent, Samarqand viloyatlari, Fargʻona hamda Zarafshon vodiylarida ekinlarga juda katta zarar yetkazadi. Gʻoʻza ildiz bitib. lichinka hamda voyaga yetgan holida keng bargli begona oʻtlar (shoʻra, ituzum va boshqalar) ildizida qishlaydi va bahorda gʻoʻza maysalariga oʻtadi. Lichinkalari oʻsimlik ildizida kichik-kichik gala boʻlib yashaydi. Gʻoʻza gullagunga qadar uning ildizida hayot kechiradi, ildiz dagʻallashgandan soʻng boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlariga oʻtadi. Ildizida bit boʻlgan oʻsimlik rangsizlanadi, soʻliydi va koʻpincha nobud boʻladi. Zararlangan oʻsimlik atrofida toʻplangan chumo-lilardan Gʻoʻza ildiz bitib. borligini aniqlash mumkin.
Kurash choralari; ekinzorlar atrofidagi begona oʻtlarni ildizi bilan sugʻurib yoʻq qilish va bitlar topilgan yerlarni qishda sugʻorish; tuproqqa 10—15 sm chuqurlikda donador fosfamid yoki bazudin (40 kg/ga) solish.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |