Gʻapar Aytiyev
Gʻapar Aytiyevich Aytiyev | |
---|---|
Tavalludi |
1912-yil |
Vafoti |
1971-yil SSSR, Qirgʻiziston SSR Bishkek |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | rassom |
Unvoni |
Sotsialistik Mehnat Qahramoni SSSR xalq artisti Qirgʻiziston SSR xalq artisti Qirgʻiziston SSRda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi |
Mukofotlari |
Lenin ordeni Oktyabr inqilobi ordeni „Mehnatdagi jasorati uchun“ medali Mehnat Qizil Bayrogʻi ordeni „Shon-sharaf belgisi“ ordeni „1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali „Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan“ medali „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning yigirma yilligi“ medali" „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning oʻttiz yilligi“ medali" „SSSR Qurolli Kuchlariga 50 yil“ yubiley medali „SSSR Qurolli Kuchlariga 60 yil“ yubiley medali. |
Gʻapar Aytiyevich Aytiyev (1912-yil, Fargʻona viloyati Oʻsh uyezdi —1984-yil, Qirgʻiziston SSR Bishkek) — sovet, qirgʻiz rassomi, sahna dizayneri, pedagog. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1982). SSSR xalq artisti (1971). T. Satilganov nomidagi Qirgʻiziston SSR Davlat mukofoti laureati. Ilk professional qirg‘iz rassomlaridan biri.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻapar Aytiyev 1912-yilning 15-sentyabrida Rossiya imperiyasi Turkiston ASSR Fargʻona viloyati Oʻsh uyezdi Tuleyken qishlogʻida (hozirgi Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati Qorasuv tumani) tavallud topgan.
1932-yilda Qirg‘iziston taʼlim institutini tamomlagan. 1932—1934-yillarda Jaloloboddagi pedagogika texnikumida talabalarga dars bergan.
1935—1938-yillarda N. P. Krimov boshchiligidagi 1905-yilgi qoʻzgʻolon xotirasiga bagʻishlangan Moskva viloyati tasviriy sanʼat pedagogika maktabida tahsil olgan.
Aytiyev Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. 1942-yil dekabrdan janubi-gʻarbiy frontda 94-alohida otishma brigadasining 2-alohida miltiq batalyoni pulemyot rotasi komandirining siyosiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari sifatida jang qiladi. Stalingrad jangida qatnashgan, 1943-yil 6-yanvarda urushda ogʻir yaralanadi va gvardiya katta leytenanti lavozimida nafaqaga chiqadi[1].
Aytiyev „Kolxozniy dvor“ („Kolxoz hovlisi“ 1946-yil, Qirg‘iziston tasviriy sanʼat muzeyi, Frunze), „Polden na Issyk-Kule“ („Issiqko‘lda peshin“, 1995-yil, Tretyakov galereyasi), „Okrestnosti Andijana“ („Andijon tabiatii“ 1967-yil, Qirg‘iziston muzeyi, Frunze) va bir qancha portretlar, monumental rasmlar, boshqa turli janrlarda yaratilgan rasmlar va grafika ishlari muallifi hisoblanadi[2].
1938—1940-yillarda Qirgʻiz musiqali drama teatrida postnovkachi rassom boʻlgan. V. Vlasov, V. Fere va A. Maldiboyevning „Altyn-kyz“ („Oltin qiz“, 1939), A. M. Vernikning „Toktogul“ („To‘qto‘g‘ul“, 1940) va boshqa spektakllar postakovkachi rassomi. 1977-yildan Frunze shahridagi SSSR Badiiy akademiyasining ijodiy rassomlik ustaxonasiga rahbarlik qilgan. „Qirgʻiziston tasviriy sanʼati“ kitobi (Frunze, 1964) muallifi[3].
Aytiyev SSSR Badiiy akademiyasining muxbir aʼzosi (1973) boʻlgan, shuningdek, 1940—1941, 1944—1951 va 1952—1977-yillarda Qirgʻiziston Rassomlar uyushmasi boshqaruvi raisi va SSSR Rassomlar uyushmasi aʼzosi lavozimlarida xizmat qilgan.
1939-yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzosi. Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashining 5—9-chaqiriq deputati, Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi raisi oʻrinbosari boʻlib faoliyat olib borgan (1971-yildan).
Tajribali rassom va dizayner Gʻapar Aytiyev 1984-yil 16-dekabrida Bishkekda vafot etgan, Ala-Archa qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlari va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1982);
- Lenin ordeni (1982);
- Oktyabr inqilobi ordeni (1972);
- SSSR xalq artisti (1971);
- To‘qto‘g‘ul Satilganov nomidagi Qirg‘iziston SSR Davlat mukofoti (1967) — „Qirg‘iz zamini“ turkum kartinalari uchun;
- „Mehnatdagi jasorati uchun medali“ (1964);
- Mehnat Qizil Bayrogʻi ordeni (1958);
- Qirgʻiziston SSR xalq artisti (1954);
- Mehnat Qizil Bayrogʻi ordeni (1951);
- Lenin ordeni (1946);
- Harbiy xizmatlari uchun medali (1943);
- „Shon-sharaf belgisi“ ordeni (1939 yil 7 iyun) — Qirgʻiziston teatr sanʼatini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun;
- Qirgʻiziston SSRda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1937);
- „1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali
- „Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan“ medali;
- „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning yigirma yilligi“ medali;
- „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning oʻttiz yilligi“ medali;
- „SSSR Qurolli Kuchlariga 50 yil“ yubiley medali;
- „SSSR Qurolli Kuchlariga 60 yil“ yubiley medali.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Айтиев Гапар Айтиевич“.
- ↑ AYTIYeV Gapar Aytievich (1912-1984)[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Гапар Айтиев — биография“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Gʻapar Aytiyev“ (ru). Герои страны.
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari
- Jangovar xizmatlari uchun medali sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Lenin ordeni sohiblari
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Bishkekda vafot etganlar
- 1984-yilda vafot etganlar
- 16-dekabrda vafot etganlar
- 1912-yilda tugʻilganlar
- 28-sentyabrda tugʻilganlar