Gʻalaba uchun uch ochko
Gʻalaba uchun uch ochko – koʻplab sport ligalari va guruh turnirlarida, ayniqsa futbolda qoʻllaniladigan standart boʻlib, unda oʻyinda gʻalaba qozongan jamoaga 3 ochko beriladi, magʻlub boʻlgan jamoaga hech qanday ball berilmaydi. Agar oʻyin durang boʻlsa, har bir jamoa 1 ochkodan oladi. Koʻplab ligalar va musobaqalar dastlab gʻalaba uchun 2 ochko va durang uchun 1 ochko berilgan, keyin esa gʻalabaga ochko berish tizimi uch ochkolik tizimga oʻtgan. Jamoalar bir mavsumda 30-40 ta oʻyin oʻtkazadigan turnir jadvalida oʻzgarish sezilarli ravishda bilanadi. Tizim duranglarga nisbatan gʻalabalarga qoʻshimcha qiymat qoʻyadi, shunda gʻalabalar soni koʻproq boʻlgan jamoalar gʻalabalar soni kamroq, ammo duranglar soni koʻproq boʻlgan jamoalarga qaraganda jadvallarda yuqoriroq oʻrinni egallashi mumkin[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Enrico Franceschini. „No more draws in Premier Attack and risk is better“ (it). repubblica.it (2009-yil 4-oktyabr). 2009-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |