Kontent qismiga oʻtish

Gʻafurjon Muhamedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻafurjon Isroilovich Muhamedov
Tavalludi 20-dekabr 1946-yil (1946-12-20) (77 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi kimyogar olim
Sohasi kimyo
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi fizika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Gʻafurjon Isroilovich Muhamedov (1946-yil 20-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1991), professor. 2017-yilda Chirchiq davlat pedagogika institutiga rektor etib tayinlangan[1]

Gʻafurjon Muhamedov 1946-yil 20-dekabr Toshkent shahrida tugʻilgan. 1972-yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1976—1997-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida katta oʻqituvchi, dotsent, professor, 1983—1997-yillarda mazkur institutning „Umumiy fizika va kimyo“ kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat olib borgan[2]. 1997—2005-yillari Jizzax davlat pedagogika instituti rektori, 2005—2006-yillari Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori, 2006—2015-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori, 2017-yildan Chirchiq davlat pedagogika instituti (hozirgi Chirchiq davlat pedagogika universiteti) rektori[3][4] lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 2010—2014-yillari Oliy Majlis Senati senatori boʻlgan.

Gʻafurjon Muhamedovning toʻrt nafar farzandi bor[2].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻafurjon Muhamedovning ilmiy ishlari karbamid formaldegid oligomerlarining uch oʻlchamli polimerlashtirish jarayonini sekinlashtirish usullariga oiddir. 1972—1975-yillari Moskvadagi Lev Yakovlevich Karpov nomidagi fizika-kimyo ilmiy tadqiqot instituti aspiranturasida oʻqigan. 1975-yilda nomzodlik ishini himoya qilib, kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 1991-yili Moskva davlat universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, kimyo fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Olim 4 ta monografiya, 10 ta ixtiro, 250 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir[2].

  • „Mehnat shuhrati“ ordeni (2021)[5].