Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi | |
---|---|
Asos solingan sana | 1983-yil |
Joylashuvi | Oʻzbekiston, Toshkent, Arpapoya koʻchasi, 1 |
Direktor | Olmos Gafurovna |
41°18′26″N 69°14′49″E / 41.30722°N 69.24694°E
Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi – Atoqli oʻzbek yozuvchi-shoiri, Oʻzbekiston xalq artisti Gʻafur Gʻulom tavalludining 70 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan. Bu muzey ikki qavatli hovli-uyi Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan boʻlib, 1944-1966-yillarda adib u yerda yashab ijod qilgan.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uy-muzeyi ochish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston rahbari tomonidan 1981-yil imzolandi.
Gʻafur Gʻulom muzeyiga 1983-yil asos solingan boʻlib, 1988-yildan 1998-yilgacha muzey kolleksiyalari doimiy ravishda yangilangan va boyitilib borilgan. Ushbu uy direktori yozuvchining qizi Olmos Gafurovna boʻlgan. 1993-yil yozuvchi Gʻafur Gʻulomning 90 yilligi, 1998-yilda esa 95 yilligi nishonlangan.
Muzeyning birinchi qavati uchta zaldan tashkil topgan boʻlib, undagi eksponatlar yozuvchini kundalik hayoti va asosiy ijodiy tetapoya davri haqida hikoya qiladi. Birinchi va ikkinchi zallar Gʻafur Gʻulomning bolalik va oʻsmirlik chogʻlarini, ilk ilhom parisida yozgan sheʼr va hikoyalarini oʻz ichiga oladi. Uchinchi zalda shoirning ijodiy ishlari, koʻpgina stend va yubiley materiallarni guvohi boʻlasiz. Ikkinchi qavati – uy-muzeyining memorial qismi boʻlib, mehmonxona, dam olish xonasi, kutubxona, ijod xonasi mavjud. Shoir foydalangan uy-roʻzgʻor buyumlari, kutubxonada esa yozuvchining kitoblari va unga hadya etilgan asarlar saqlanadi.
Muzey ikki qismga boʻlingan. Birinchisi u foydalagan memorial buyumlar. Ikkinchisi – asosiy ekspozitsiya joylashgan ikki qavatli bino. U 2003-yil Gʻafur Gʻulom tavalludining 100 yilligi munosabati bilan qurib bitkazildi.
Xotira
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent metro bekati, koʻchasi, adabiyot nashriyoti, Qoʻqondagi oʻlkashunoslik muzeylariga adib Gʻafur Gʻulom nomi berilgan.
Havolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dom-muzey Gafura Gulyama. Afisha. Uz.
- Dom-muzey Gafura Gulyama: Informatsiya ob interesneyshix muzeyax Tashkenta. OrexCA.
- Dom-muzey Gafura Gulyama. rutraveller.
- Dom-muzey Gafura Gulyama. MYDAY.
- Dom-muzey Gafura Gulyama. Muzei Tashkenta.