Kontent qismiga oʻtish

Gʻafur Gʻulom koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻafur Gʻulom koʻchasi — Shayxontoxur va Sobir Raximov tumanlarining hududiy chegarasidagi markaziy koʻchalardan biri. Navoiy va Sobir Raximov koʻchalari oraligʻida joylashgan. Uzunligi 1,5 km atrofida.

Qadimda xalq tilida Taxtapul kuchasi deb yuritilgan. Taxtapul darvozasi shu koʻcha yoʻnalishida joylashgan. Dastlab Chor Rossiyasi maʼmuriyati tomonidan rasman 1893-yilda Taxtapul nomi berilgan. 1960-yilda Sobir Raximov, 1968-yilda koʻchaning 1-yarmiga Oybek nomi berilgan. 1990-yil 28-iyunda Oybek nomi boshqa koʻchaga olinib, oʻrniga Gʻafur Gʻulom nomi qoʻyilgan.

Rekonstruksiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mustaqillik yillarida keng rekonstruksiya, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilgan. Avtotransport vositalarining ikki tomonlama harakati yoʻlga qoʻyilgan.

Mahalladagi diqqatga sazovor joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻnalishida Hadra, Sebzor va Janggox dahalari, Hadra maydoni va mehmonxonasi, Toshkent davlat sirki, „Oʻzkimyosanoat“ kompaniyasi, „Uzbekkoʻmir“ AJ, Abdulla Qodiriy nomidagi maʼdaniyat va istirohat bogʻi, „Gʻafur Gʻulom“ metro bekati, banklar, maishiy xizmat koʻrsatish maskanlari, xorijiy firma va kompaniya ofislari, 42-maktab, 9-oilaviy poliklinika, 8-dorixona, fitobar, yonilgʻi quyish shohobchasi, koʻp qavatli turar joy binolari va boshqa aholiga hizmat koʻrsatayotgan inshootlar joylashgan.

Kesishgan koʻchalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻnalishida Abdulla Qodiriy koʻchasi bilan kesishgan. Zulfiyaxonim, Alixontura Sogʻuniy va Qohota koʻchalari bilan tutashgan[1].

  1. Toshkent ensiklopediyasi 2009, s. 763.

Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780-bet.