Kontent qismiga oʻtish

Funksionalizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Funksionalizm - 20-a. meʼmorligidagi bino va inshootlarning maishiy ehtiyojlar, i.ch. talablariga javob beradigan qilib qurishni talab etuvchi yoʻnalish. F. qurilish texnikasi yutuqlaridan keng foydalandi, yangicha loyhalash usullariga eʼtibor qaratdi.

F. 20-a. boshida paydo boʻldi. Asoschilari — amerikalik meʼmor L.G.Salliven va F.L.Rayt. F. ratsionalizm tarafdorlari boʻlgan Gʻarbiy Yevropa meʼmorlari tomonidan qoʻllabquvvatlandi, kridalari Fransiyada Le Korbyuzye, Germaniyada meʼmorlar V. Gropius, L. Mis van der Roe, X.Meyer va b. tomonidan rivojlantiriddi va targʻib qilindi. F. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, AQSH va Yaponiyada keng tarqalib, "xalqaro uslub"ga aylandi.

"F." atamasi ilk bor shvetsiyalik meʼmorlik nazariyotchisi 3. Gidion tomonidan qoʻllangan. 1930-y.lardan Finlandiya (A.Aalto va b.), Shvetsiya (S.Markelius va b.)da F.ga asoslangan mamlakatning milliy xususiyatlariga moslashtirilgan usullar ishlab chikildi. 2 jahon urushidan keyin 1939—45 ylarda vayron boʻlgan shaharlarni tiklashsa F. taʼsiri kayta jonlandi, birok "xalqaro uslub" butunlay barham topdi. F.ning asosiy talablariga brutalizm, neoklassitsizm tarafdorlari qarshi chiqdi.

Zamonaviy meʼmorlik nazariyasida F. ustalarining merosi (asosan, 1930y.lar meʼmorligi bilan bogʻliq boʻlgan tamoyillar)ni diqqat bilan oʻrganish anʼanalari ustunlik qiladi, ayni bir paytda F. tarafdorlarining ijtimoiy utopik (meʼmorlik yordamida jamiyatni oʻzgartirishga umid qilgan) qarashlari tanqid qilindi.

  • Gropius V., Granitsi arxitekturi, [per. s nem.], M., 1971; Vsemirnaya istoriya arxitekturi, t. 11, M., 1973.