Funikulyor
Funikulyor (lot. funiculus — arqon) — qiya yoʻnalishda, qisqa masofada yuk va yoʻlovchilarni vagonlarda tashiydigan tor (1000 mm) izli temir yoʻl. Vagonlari elektr dvigatel, chigʻir (lebyodka) va poʻlat arqon (kanat) vositasida harakatlantiriladi. Funikulyordan birinchi marta 1854-yilda Italiya(Genuya) va Avstraliya (Zommering)da foydalanilgan. 20-asr boshlarida Nijniy Novgorod (Rossiya), Kiyev (Ukraina) shaharlari va boshqa shaharlarda paydo boʻlgan. Keyinchalik boshqa shaharlarga tarqalgan. Funikulyorning asosiy qismlari: relsli iz, pastdagi va yukrridagi styalar (baʼzan oraliq stya ham boʻladi), vagonlar. Funikulyor avariya tormozlari, signalizatsiya, aloqa va blokirovka vositalari bilan taʼminlanadi. Funikulyor bir izli (koʻp tarqalgan), ikki izli va uch izli; bir vagonli va koʻp vagonli boʻlishi mumkin. Bir vagon bir izdan koʻtarilganda, ikkinchi vagon boshqa izdan pastga tushadi, funikulyor izlarining oʻrtacha uzunligi — 400 (baʼzan 1500 mm dan oshishi ham mumkin), qiyaligi — 0,78, vagonlarga 60— 200 kishi sigʻadi, harakatlanish tezligi 2–5 m/sek. Funikulyor shaharlar, kurort joylarda, togʻli mamlakatlar (Shveysariya, Italiya, Avstriya, Ukraina, Gruziya, Rossiya va boshqalar)da bor (2005).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |