Frontit
Qiyofa
Frontit [lot. frons (frontitis) — peshona] — peshona boʻshligʻi shilliq qavatining yalligʻlanishi. Oʻtkir va surunkali kechadi.
Oʻtkir frontit, asosan, gripp, shamollash va boshqa yuqumli kasalliklarning asorati sifatida paydo boʻladi. Unda peshonaning kasallangan sohasi bir oz shishib, ogʻriydi, bemor darmonsizlanadi, burundan nafas olishga qiynaladi, harorati koʻtariladi. Oʻtkir frontit yaxshi davolanmasa, surunkali frontitga aylanadi. Surunkali frontitda peshona va yuqori qovoqlar ogʻriydi, burun shilliq qavatidan selga oʻxshash suyuqlik keladi; burun giperplaziyasi, granulyatsiya va poliplar hosil boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |