Fromm Erix
FROMM (Fromm) Erix (1900.23.3, FrankfurtMayn — 1980.18.3, Muralto, Shveysariya) — nemisamerikalik psixolog, sotsiolog, neofreydizm asoschisi. 1929—32 yillarda Frankfurt-Mayndagi Ijgimoiy tadqiqotlar institutida ishlagan. 1933-yil AQShga muhojir boʻlib ketgan, hayotining soʻshti oʻn yilida Shveysariyada yashagan. Falsafa, psixologiya, antropologiya, din sotsiologiyasi rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Oʻz taʼlimotini "gumanistik psixoanaliz" deb atagan. Freyd biologizmidan chekinib, shaxs shakllanishida psixologik va ijtimoiy omillarning oʻzaro aloqalarini ochib berishga intilgan. Gumanizm nuktai nazaridan psixoanalitik ijtimoiy sogʻlomlashtirish usullari yordamida, xususan, AQSH da, har tomonlama uygʻun boʻlgan, "sogʻlom jamiyat"ni vujudga keltirishni taklif etgan. Asosiy asarlari: "Erkinlikdan qochish" (1941), "Psixoanaliz va din" (1950), "Unutilgan til" (1951), "Sevish sanʼati" (1956), "Inson qalbi" (1964), "Inson vayronkorligining anatomiyasi" (1973), "Ega boʻlmoq yoki bor boʻlmoq" (1976).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |