Kontent qismiga oʻtish

Freydizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Freydizm — 3. Freyd falsafiyantropologik va psixologik konsepsiyasining va shu asosda rivojlangan jami taʼlimotlar va maktablarning umumiy nomi. Freyd inson, jamiyat va madaniyatga taalluqli hodisalarni tushuntirish uchun Freydning psixologik taʼlimotini qoʻllashga harakat qiladi. Freyd insondagi 2 xil instinktga katta eʼtibor beradi: birinchisi — hayotni davom ettirishga karatilgan jinsiy instinktlar, ikkinchisi — hayotni barbod qilishga yoʻnaltirilgan vayronkor (destruktiv) instinktlar. Bu instinktlar guruhining har biri oʻz quvvat manbaiga ega. Birinchisiniki — nafs (libido), ikkinchisiniki — tajovuzkorlik. Freydga kura, inson hayotida jinsiy nafs va tajovuzkorlik quvvati ijobiy evrilishga uchraydi, yaʼni ijtimoiymadaniy qadriyatlar yaratishga qaratiladi, evrilishning turlari sportda, akdiy mehnatda, ijod va boshqa sohalarda namoyon boʻladi. Sivilizatsiyani aynan shu ijtimoiy evrilishga duch kelgan "tuban" biologik quvvatlar yaratadi. Freyd vakillari — A. Adler, K.G. Yung va boshqa XX-asrning 30-yillari oxirida neofreydizm kelib chikdi. U psixoanaliz bilan AQSH sotsiologax va etnografik nazariyalari qoʻshilishi jarayonida vujudga keddi.