Franz Aepinus
Franz Aepinus
| |
---|---|
Tugʻilgan sansi | 1724-yil, 13-dekabr |
Vafot sanasi | 1802-yil 10-avgust | (yosh 77)
Franz Ulrich Theodor Aepinus (1724-yil 13-dekabr — 1802-yil 10-avgust) — nemis matematigi, olimi va tabiat faylasufi. Aepinus elektr va magnitlanish boʻyicha nazariy va eksperimental tadqiqotlari bilan mashhur.[1]
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bir muncha vaqt tibbiyotni oʻrganganidan soʻng, Franz Aepinus fizika-matematika fanlariga qiziqib qoladi va oʻzini shu sohaga bagʻishlaydi. U tez orada shu qadar mashhurlikka erishdiki, u Prussiya Fanlar akademiyasining aʼzoligiga qabul qilindi. 1755-yilda u qisqa muddat Astronomiches Rechen-Institut direktori boʻldi. 1757-yilda u Rossiya Fanlar akademiyasining aʼzosi va fizika professori sifatida Sankt-Peterburgga joylashdi va 1798-yilda nafaqaga chiqqunga qadar oʻsha yerda qoldi.
Qolgan umrini Dorpatda oʻtkazadi. U Rossiya imperatori Yekaterina II ning oʻgʻli Polga oʻqituvchi qilib tayinladi va uning rahbarligi ostida imperiya boʻylab oddiy maktablar yaratishga harakat qildi. 1761-yilda Aepinus Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasining chet ellik aʼzosi etib saylandi.
1764-yilda u Rossiyaning kriptografiya xizmati boshligʻi etib tayinlandi va bu lavozimni (33 yil) 1797-yilgacha bajardi.
Ilmiy ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning 1759-yilda Sankt-Peterburgda nashr etilgan „Tentamen Theoriae Electricitatis et Magnetismi“ („Elektr va magnitlanish nazariyasiga kirish“) asari ushbu fanlarni oʻrganishda matematik fikrlashni qoʻllashga qaratilgan birinchi tizimli urinish boʻldi. Shuningdek, u 1761-yilda „ De Distributione Caloris per Tellurem“ (Yerdagi issiqlikning tarqalishi toʻgʻrisida) risolasini nashr etdi. Bu risolaning parchalari astronomiya, mexanika, optika va sof matematikaning turli mavzulariga bagʻishlangan Sankt-Peterburg va Berlinning jurnallari arxivida saqlanadi[2].
Uning sayyoraning quyosh diskidan oʻtishidagi paralaksning taʼsiri haqidagi muhokamasi XVII asrda (1764-yilda) sodir boʻlgan Veneraning ikkita tranziti hodisasidan soʻng omma orasida katta qiziqish uygʻotdi.
Elektr nazariyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aepinus va Henri Kavendish bir-biridan bexabar holda elektr nazariyalarini ishlab chiqadilar. Aepinus oʻz nazariyasini Kavendish nazariyasidan taxminan oʻn yil oldin nashr etgan. Ularning nazariyalari asosan zamonaviy nazariyalar boʻlib, ular oxir-oqibat ikkita suyuqlik gʻoyasiga barham beradi.
Ularning nazariyalarida shunday deyiladi
- … elektrik suyuqlik — bu modda boʻlib, uning zarralari bir-birini itaradi va boshqa barcha moddalarning zarralarini masofa kvadratiga teskari kuch bilan tortadi. (kvadrat qonuni keyinroq qoʻshilgan)
- Boshqa barcha moddalarning zarralari ham bir-birini itaradi va xuddi shu qonun boʻyicha oʻzgaruvchan kuch bilan elektrik suyuqlikni oʻziga tortadi. Yoki elektr suyuqlikni boshqa barcha moddalardan farq qiladigan materiya deb hisoblasak, barcha moddalarning zarralari ham elektr suyuqligining, ham boshqa moddalarning zarralari bir xil turdagi zarralarni masofaning kvadratiga teskari proporsional kuchbilan itaradi va qarama-qarshi turdagilarni oʻziga tortadi.
Kavendish va Aepinus elektr suyuqligi haqidagi quyidag fikrlarga ishonishgan
- elektrik suyuqlik boshqa turdagi masala. … Uning har qanday jismdagi ogʻirligi, ehtimol, jismdagi materiyaning ogʻirligiga juda kichik nisbatda boʻlishi mumkin, ammo shunga qaramay, har qanday jismdagi elektr suyuqligi ushbu jismdagi har qanday zarrachani oʻziga tortadigan kuchga teng boʻlishi kerak.
Haqiqatan ham, ular „elektrik suyuqlik“ ni deyarli hech qanday massaga ega boʻlmagan, likn sezilarli elektr tortishuvchi va itaruvchi kuchga ega boʻlgan elektronlardan iborat deb tasavvur qilishadi. Statik elektr zaryadi, keyin bir jismda elektronlarning haddan tashqari koʻpligi va boshqasida elektronlarning yetishmasligi masalasiga aylanadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Original maqolada ham manba yoq ekan. "citation needed"
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Heilbron, John L. (1970). "Aepinus, Franz Ulrich Theodosius". Dictionary of Scientific Biography. 1. New York: Charles Scribner's Sons. 66–68 b. ISBN 0-684-10114-9.
- Essay on the Theory of Electricity and Magnetism by Roderick Weir Home.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1832-yildagi Edinburg entsiklopediyasida elektr energiyasiga kirish