Fransiya milliy statistika va iqtisodiy tadqiqotlar instituti
Qiyofa
Fransiya milliy statistika va iqtisodiy tadqiqotlar instituti (fransuzcha: Institut national de la statistique et des études économiques: qisqartmasi INSEE (fransuzcha talaffuzi: [inse])) Fransiya milliy statistika byurosidir. Bu byuro Fransiya iqtisodiyoti va uning aholisi haqida maʼlumot toʻplaydi va vaqti-vaqti bilan aholini roʻyxatga olishni amalga oshiradi. Bosh shtab-kvartirasi Parij janubidagi Montrouge kommunasida joylashgan. INSEE 1946-yilda Vishi rejimining „Milliy statistika servisi“ vorisi oʻlaroq tashkil etilgan. U Institut national d'études démographiques (INED) bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Direktorlari roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1946—1961: Francis-Louis Closon
- 1961—1967: Claude Gruson
- 1967—1974: Jean Ripert
- 1974—1987: Edmond Malinvaud
- 1987—1992: Jean-Claude Milleron
- 1992—2003: Paul Champsaur
- 2003—2007: Jean-Michel Charpin
- 2007—2012: Jean-Philippe Cotis
- 2012—hozirgacha: Jean-Luc Tavernier
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Fransiya milliy statistika va iqtisodiy tadqiqotlar instituti haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti (ingl.)