Kontent qismiga oʻtish

Fransiya madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fransiya madaniyati geografiyasi, tarixiy voqealari, xorijiy va ichki taʼsiri bilan shakllanib borgan. Fransiya madaniyati XVII-XIX asrdan boshlab butun dunyoda mashhur boʻlishni boshladi. XIX asr oxiridan boshlab Fransiya madaniyatida kino, moda, adabiyot, texnologiyalar va ijtimoiy fanlari shu bilan birga matematikasi bilan muhim rol oʻynaydi. Fransuz madaniyatining ahamiyati uning iqtisodiy, siyosiy va harbiy ahamiyatiga qarab asrlar davomida oshib bordi. Fransiya madaniyati bugungi kunda katta mintaqaviy va kuchli birlashtiruvchi tendensiyalar bilan ajralib turadi. BBC tomonidan oʻtkazilgan global soʻrov natijalariga koʻra, Fransiya 2014-yilda dunyodagi eng ijobiy taʼsirga ega davlatlardan biri sifatida (Germaniya, Kanada va Buyuk Britaniyadan keyin) toʻrtinchi oʻrinni egalladi[1].

Fransiyada til

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransuz akademiyasi lingvistikani rasmiy standartini belgilaydi. Hukumat tomonidan Fransuz madaniyati va fransuz tilini targʻib qilish boʻyicha baʼzi ishlar amalga oshiriladi. Jumladan, hukumat Fransuz kinosini qoʻllab-quvvatlash uchun subsidiyalar va imtiyozli kreditlar tizimini yoʻlga qoʻygan. „Toubon“ qonuniga koʻra, hukumat tomonidan Fransiya hududi boʻylab joylashtiriladigan reklamalar Fransuz tilida boʻlishi majburiy ekanligi belgilab qoʻyildi[2][3] . Fransiya koʻplab mintaqaviy tillar mavjud. Ularning baʼzilari standart Fransuz tilidan juda farq qiladi, masalan, Breton(Cornish va Welsh tillariga yaqin Celtic tili) va Alsatian (nemis tilining Alemannic dialekti). Bask tili fransuz tiliga va dunyodagi boshqa tillarga mutlaqo yaqin emas. Fransiyaning janubi-gʻarbiy qismi va Ispaniya shimoli oʻrtasidagi chegarasida joylashgan aholi ushbu tilda gaplashadi. Bu tillarning ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatilgan. Ammo mahalliy tillarning haqiqiy ahamiyati munozarali boʻlib qolmoqda. 2001-yil aprel oyida taʼlim vaziri Jek Lang rasman tan olishicha, ikki asrdan koʻproq vaqt davomida Fransiya hukumatining siyosiy vakolatlari mintaqaviy tillardan ustun koʻrilgan. U fransuz davlat maktablarida boshqa tillarni oʻqitishni qoʻllab-quvvatlash uchun ikki til oʻqituvchilarini yollashini eʼlon qildi. Fransuz maktablarida oʻquvchilar kamida ikkita chet tilini oʻrganishlari lozim, ulardan birinchisi Fransuz tilida boʻlsa, ikkinchisi nemis yoki ingliz tili boʻlishi kerak. Fransiya Konsitutsiyasining mintaqaviy tillarni rasmiy tan olinishi boʻyicha nazarda tutilgan qarori Parlament tomonidan 2008-yili iyul oyida Versaldagi Congressda qayta koʻrib chiqildi.

Zamonaviy Fransiya asrlar davomida millat qurilishi va bir qator tarixiy viloyatlar hamda xorijiy koloniyalarni oʻzining geografik va siyosiy tuzilmasiga qoʻshib olish natijasida shakllangan. Bu hududlar oʻziga xos madaniy va til anʼanalari bilan rivojlangan: moda, diniy eʼtiqod, mintaqaviy til va lahja, oila tuzilishi, oshxona, boʻsh vaqtni oʻtkazish faoliyatlari, sanoat va hatto vino quyishning oddiy usullari kabi[4] . 20-asrda mamlakatning sanoatlashtirilishi natijasida fransuzlarning katta qismi qishloqlardan shahar hududlariga koʻchdi. XIX asr oxirida fransuzlarning xoʻjaligi taxminan 50% qishloq xoʻjaligiga bogʻliq boʻlsa, bugungi kunda fransuz dehqonlari faqat 6-7% ni tashkil etadi, 73% esa shaharlarda yashaydi. Sanoatlashtirish, migratsiya va urbanizatsiya XIX va XX asrlarda Fransiyada yangi ijtimoiy-iqtisodiy mintaqaviy jamoalarni yaratdi, bular shaharlarda (masalan, Parij, Lion, Villeurbanne, Lille, Marsel va boshqalar) hamda shahar aglomeratsiyalarining (turli xil „banlieues“ deb ataladigan, baʼzida „chic“ yoki „pauvres“ yoki „les cités“ deb ataladigan „boshpana loyihalari“ kabi) suburban va ishchilar sinfi hududlarda paydo boʻldi[5][6].

  1. Ifop. „Les Français et la croyance religieuse“ (fr) (2011). 2011-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  2. „Franţa nu mai e o ţară catolică“ [France is no longer a Catholic country] (ro). Cotidianul (2007-yil 11-yanvar). 2008-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Samuel, Henry „France 'no longer a Catholic country'“. The Daily Telegraph (2007-yil 10-yanvar). 2007-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Ferrara, Carol „The Catholic-ness of Secular France“ (en-US). www.europenowjournal.org (2019-yil 2-oktyabr). 2020-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-noyabr.
  5. „Religion Important for Americans, Italians“. Angus Reid Global Monitor (2008-yil 16-dekabr). 2007-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Les protestants en France en 2017 Ipsos.