Foydalanuvchi:Shahzodbek2023/Vaqf qoidalari
Qiyofa
Vaqf qoidalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vaqf qoidalari – Qur’oni karimni qiroat qilayotganda kalima oxirida qisqa vaqtga ovozni to‘xtatish bo‘lib, bunda o‘quvchi qiroatini yana boshlash maqsadida nafas oladi. Vaqf oyatdagi biror bir o‘rinda to‘xtash mumkin yoki mumkin emasligiga ko‘ra to‘g‘ri ma’noga olib boradigan va to‘g‘ri ma’noga olib bormaydigan ikki turga bo‘linadi.
To‘g‘ri ma’noga olib boradigan vaqflar quyidagilardir:
To‘liq vaqf – bu jumlaning ma’nosi tamom bo‘lgandagi vaqf bo‘lib, o‘zidan keyingi jumlaga lafz jihatidan ham, ya’ni nahv qoidasi bo‘yicha va ma’no jihatidan ham aloqasi bo‘lmaydi.
Kifoya vaqf – bu to‘g‘ri ma’noga olib boradigan vaqf bo‘lib, faqat jumla o‘zidan keyingisiga lafziy tomondan bog‘liq bo‘ladi[1].
- ↑ O'Z.ME Birinchi jild.Toshkent 2000-yil.