Foydalanuvchi:Saad Alikhanov/qumloq
Tursunboy Turgʻunov (1971-yil 6-aprel) – oʻzbekistonlik olim, Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). Andijon mashinasozlik instituti moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektori.
Tursunboy Turg‘unov | |
---|---|
Tavalludi |
1971-yil 6-aprel Jalaquduq tumani |
Fuqaroligi | O‘zbekiston |
Ish joylari | Andijon mashinasozlik instituti |
Ilmiy darajasi | Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). |
Veb-sayt | web.andmiedu.uz |
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tursunboy Sobirovich Turgʻunov 1971-yil 6-aprelda Andijon viloyati Jalaquduq tumanida tugʻilgan. 1993-yilda Toshkent moliya institutini Buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Ish faoliyatini 1993-yilda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutida Iqtisodiy informatika va boshqaruvni avtomatlashtirish kafedrasi izlanuvchi-tadqiqotchiligidan boshlangan.
Turli yillarda kafedra assistenti, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti aspiranti, Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi katta oʻqituvchisi, Moliya, Avtomatika va elektr-texnologiya fakultetlari dekan oʻrinbosari, Mashinasozlik texnologiyasi, Transport va logistika fakultetlari dekani vazifalarida ishlagan.
2023-yil dekabr oyidan buyon Andijon mashinasozlik instituti moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turgʻunov Tursunboy Sabirovich 2020-yilda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30.09.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengashda 08.00.06–"Ekonometrika va statistika" ixtisosligi boʻyicha „Aholi pul daromadlari shakllanish jarayonlarining statistik tahlili (Andijon viloyati misolida)“ mavzusidagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini munosib himoya qilgan. U ayni paytda Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) hisoblanadi.