Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Qora Qorayev
Qora Qorayev | |
---|---|
Tavalludi |
5-fevral 1918-yil Boku, Rossiya İmperiyasi |
Vafoti |
13-may 1982-yil (64 yoshda) Moskva, SSSR |
Millati | Ozarbayjon |
Otasi | Abulfayz Qorayev |
Onasi | Sona xonim Iskandar qizi |
Veb-sayti | http://qara-qarayev.musigi-dunya.az/ |
Qora Abulfayz oʻgʻli Qorayev (t. 5-fevral 1918-yil — v. 13-may 1982-yil) — mashhur Ozarbayjon bastakori va pedagogi. SSSR Xalq Artisti (1959), Stalin mukofoti laureati (1946, 1948), Lenin mukofoti laureati (1967), Sotsialistik mehnat qahramoni (1978), Lenin, Oktyabr Inqilobi va Qizil Mehnat Bayrogʻi ordenlari laureati, SSSR Oliy Soveti deputati, OMFA akademigi. Urushdan keyingi davr Ozarbayjon madaniyatining eng mashhur namoyandalaridan biri.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qora Qorayev 1918-yil 5-fevralda Boku shahrida mashhur doktor-pediatr Abulfayz Qorayevning va Sona xonim Iskandar qizi oilasida tugʻildi. Qora Qorayev oilasida oʻzini musiqa sanʼatiga bagʻishlagan ilk shaxs hisoblanadi. Ota tomondan Absheronning Fatmayi qishlogʻidan, ona tomondan bobosi Iskandarbey Oxundov esa Shamaxining mashhur vakillaridan edi. Bu oila XX asrning Boku ziyolilaridek juda boy ham emasdi.[1] 1926-yilda Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasi qoshidagi musiqa maktabiga qabul qilindi, 1930-yildan Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasi qoshidagi musiqa texnikumida professor Georgiy Sharoyevning fortepiano guruhi talabasi, 1935-yildan esa Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasida bastakorlik (Leopold Rudolf) va Ozarbayjon xalq musiqasi asoslari (Uzeyir Hojibeyov) guruhi talabasi boʻldi. 1938-yildan 1940-yilgacha P.I.Chaykovskiy nomidagi Moskva Davlat Konservatoriyasida bastakorlik guruhining (A.N.Aleksandrov) talabasi boʻldi. Bir qancha vaqt Bokuda yashagach yana 1946-yilgacha Moskva Davlat Konservatoriyasida bastakorlik guruhi (Dmitriy Shostakovich) talabasi boʻldi. 1982-yil 13-mayda Moskva shahrida vafot etdi. Bokuda dafn qilindi. Bastakor Faraj Qorayevning otasi, doktor-pediatr Mursal Qorayevning ukasi va Madaniyat va turizm vaziri Abulfas Qorayevning amakisidir.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1937-yildan Ozarbayjon Bastakorlar Uyushmasiga aʼzo boʻldi. Moskvadan qayitgach 1941-yilda Muslim Magomayev nomidagi Ozarbayjon Davlat Filarmoniyasining badiiy rahbari vazifasiga tayinlandi. 1944-yilda Ozarbayjon Bastakorlar Uyushmasining boshqaruv hay’ati raisi muovini boʻldi. 1946-yildan Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasida bastakorlik guruhida oʻqituvchi sifatida ish boshladi, shu yili SSSR Bastakorlar Uyushmasi tashkiloti komiteti aʼzosi etib saylandi.
1948-yilda SSSR Bastakorlar Uyushmasi boshqaruv hay’ati aʼzosi etib saylandi, Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasi dotsenti, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi arxitektura va tasviriy sanʼat instituti musiqa boʻlinmasiga rahbarlik qilishni boshladi. 1949-1953-yillarda Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasi direktori boʻldi. 1950-yilda SSSR Vazirlar Soveti qoshidagi SSSR Davlat mukofotlari boʻyicha komitet aʼzosi sifatida tayinlandi, 1952-yilda Ozarbayjon Bastakorlar Uyushmasi boshqaruv hay’ati raisi etib tayinlandi.
1953-yilda Leningrad Davlat Kichik („Maliy“) opera teatrida „Yetti goʻzal“ baletining ilk spektakli qoʻyildi.
1954-1982-yillarda SSSR Lenin va Davlat mukofotlari komiteti aʼzosi boʻldi.
1956-1973-yillarda Ozarbayjon Bastakorlar Uyushmasining birinchi kotibi sifatida ishladi, 1957-yilda SSSR kinematografiya ishchilari uyushmasi aʼzosi, 1962-yilgacha SSSR Bastakorlar Uyushmasi boshqaruv hay’ati aʼzosi boʻldi. 1955-1976-yillarda IV-IX chaqiruv SSSR Oliy Sovetlari deputati sifatida faoliyat koʻrsatdi.
1959-yilda Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasi bastakorlik kafedrasi professori, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi akademigi. 1960-yilda Ozarbayjon Kommunist Partiyasi Markaziy Komiteti aʼzosi boʻldi.
1961-yilda Janubiy Afrika yozuvchisi Piter Abrahamsning asari asosida yozgan „Yashinli yoʻllar bilan“ baletidan Ikkinchi toʻplam ijrosi bilan bogʻliq Los-Anjelesda I xalqaro modern musiqa festivalining ishtirokchisi boʻldi.
1963-yilda Leningrad Davlat Kichik („Maliy“) opera teatri gastrollari vaqti Qohirada „Yetti goʻzal“ baletining taqdimoti bilan bogʻliq Misr Arab Respublikasida safarda boʻldi. 1964-yilda SSSR Katta teatrining gastrollari vaqti „Yashinli yoʻllar bilan“ baleti bilan „Varshava kuzi“ modern musiqa festivalida ishtirok etdi.
1965-yilda 21-aprelda Moskvada, 2-iyunda Bokuda Uchinchi simfoniyaning ilk ijrosi taqdim etildi.
1966-yilda Dirijyorlarning Ikkinchi Umumittifoq musobaqasida boshqaruv kengashi raisi boʻldi, sovet madaniyat va tasviriy sanʼat ustalari orasida Ispaniyaga safar qildi. „Klassik toʻplam“ ning birinchi namoyishi Boku shahrida boʻlib oʻtdi.
1968-yil 21-aprelda Gorkiy (Hozirgi Nijni Novgorod) shahrida, 28-aprelda Moskvada Violino bilan simfonik orkestr uchun Konsertning ilk namoyishi boʻldi.
1969-yilda „Yetti goʻzal“ baleti va „Layli va Majnun“ simfonik poemasining musiqasiga balet namoyishi bilan bogʻliq Parijda oʻtkazilgan umumdunyo raqs festivaliga, sovet madaniyat va tasviriy sanʼat ustalari orasida Yaponiyaga safar qildi.
1971-yilda „Goyya“ filmiga yozgan musiqa uchun film suratga olinishi bilan bogʻliq Germaniya Demokratik Respublikasida safarda boʻldi.
1972-yilda „Varshava kuzi“ modern musiqa festivalida va bastakorlar uyushmasi kotibliklarining yigʻilishlarida oʻtkazilgan balet artistlarining Ikkinchi xalqaro musobaqasida hay’at aʼzosi boʻldi.
1973-yilda P.I. Chaykovskiy nomidagi V xalqaro musiqa musobaqasining hay’at aʼzosi, modal musiqa masalalari bilan bogʻliq Turkiyada oʻtkazilgan xalqaro kongressda ishtirok etdi.
1976-yilda „Yosh bastakorlarni yetishtirish“ simpoziumining faoliyatida ishtirok etdi, sovet va italyan bastakorlarining ikki tarafli ishtiroki bilkan aloqador Italiyaning Pezaro shahriga safar qildi.
1978-yilda Umumdunyo mualliflik huquqlari agentligi kongresining ishtirokchisi sifatida Parijda safarda boʻldi, Moskva operetta teatrida „Telba gaskoniyalik“ musiqali spektakli namoyish etildi.
Qora Qorayev, shuningdek, ajoyib oʻqituvchi, bir qancha iqtidorli bastakorlarga ustozlik qilib, Ozarbayjon musiqasi tadqiqiga oid maqolalar chop ettirdi.
Nomlar va mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Koʻrsatgan xizmatlari uchun medali (1946)
- Stalin mukofoti (1946)
- Vatan operasi uchun SSSR Davlat mukofoti (1946)
- „Layli va Majnun“ simfonik poemasi uchun Davlat mukofoti (1948)
- Stalin mukofoti (1948)
- Ozarbayjon SSR xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1955)
- Bir mahalladosh ikki yigit filmi musiqasi uchun birinchi Umumittifoq sovet filmlari festivali laureati (1957)
- Ozarbayjon SSR xalq artisti (1958)
- SSSR Xalq Artisti (1959)
- Uzoq sohillarda filmi musiqasi uchun Kievda Umumittifoq kinofestivalida II Mukofot (1959)
- Qizil xizmat bayrogʻi ordeni (1961)
- Antoniy va Kleopatra spektakliga yozgan musiqasi uchun M.F.Axundov mukofoti (1965)
- „Yashinli yoʻllar bilan“ baleti uchun Lenin mukofoti (1967)
- „Yashinli yoʻllar bilan“ baleti uchun Lenin ordeni (1967)
- Oktyabr Inqilobi ordeni (1971)
- Sotsialist Xizmati Qahramoni (1978)[2]
- 1941-1945-yillar Ulugʻ Vatan urushida jasoratli xizmatlari uchun medali
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Operalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vatan (1945) — Javdat Hojiyev bilan birga
- Zariflik (1972) — fransuz yozuvchisi Anri Barbus asari asosida ayol ovozi va kamera orkestri uchun monodrama (1972)
Baletlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yetti goʻzal (1952)
- „Yashinli yoʻllar bilan“ (1958) — Janubiy Afrika yozuvchisi Piter Abrahamsning asari asosida
- „Layli va Majnun“ (1969) — ayni nomdagi simfonik poemasi asosida bir pardali xoreografik poema
- Don Kixot simfonik gravurlari (2000) — ayni nomdagi simfonik gravurlar asosida bir pardali balet
Muzikl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Telba gaskoniyalik“ — fransuz dramaturgi E.Rostaning „Sirano de Berjerak“ komediyasi asosida Ozarbayjon musiqasi uchun yangi boʻlgan muzikl
Orkestr uchun asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Layli va Majnun“ simfonik poemasi (1947) — Nizomiy poemasi asosida
- „Yetti goʻzal“ simfonik süita (1949)
- Don Kixot simfonik gravurlari (1960) — ispan yozuvchisi Migel de Servantes asari asosida
- Uch simfoniya (1943, 1946, 1965) — III simfoniya Ozarbayjon musiqasiga dodekfoniya yozuv usulining olib kelinishi bilan aloqador.
- Ozarbayjon suitasi (1939)
- Vyetnam suitasi
- Alban rapsodiyasi (1952)
- Klassik suita (1966)
- Fortepiano va orkestr uchun „Yoshlik“ poemasi (1937)
- Skripka və orkestr uchun konsert (1967)
Kamera asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ikki simli kvartet
- Kvartettino
- Skripka və fortepiano uchun sonata
- Fortepiano uchun iki sonatina (1940, 1943), 24 preludiya (1951—1963)
- Puflama va estrada orkestri uchun asarlar, kinofilmlar, teatr tomoshalari uchun musiqalar.[3]
Kamera vokal asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Umar Xayyom sheʼrlariga ovoz va fortepiano uchun 6 ruboiy (1946)
- Aleksandr Pushkin sheʼrlariga ovoz va fortepiano uchun „Men sizni sevardim“ va „Gruziya tepaliklarida“ romanslari (1949)
Vokal-simfonik asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Koʻngil qoʻshigʻi kantatası (1938)
- Sevinch qoʻshigʻi kantatası (1947)
- Ovoz va jaz orkestri uchun 3 nokturn (1958)
- Partiyamiz kantatası (1959)
- Doʻstlik madhiyasi (1972)
Xotirasining abadiylashtirilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1986-yildan Ozarbayjon Madaniyat Vazirligining koʻmagi bilan Bokuda bastakor xotirasiga bagʻishlangan Xalqaro zamonaviy musiqa festivali oʻtkaziladi.
Bokuda metro stansiyasi, Bokuda prospekt, Imishlida koʻcha nomi, Moskvada 75-sonli Bolalar musiqa maktabi, Kemaga Qora Qorayev nomi berilgan.
Bokuda Qora Qorayev yashagan uyning devorida xotira lavhasi oʻrnatilgan.
2001-yil 3-fevralda Boku shahrining 28-may koʻchasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan Qora Qorayev obidasi ochildi.[4]
2014-yil 20-iyunda Moskvada Qora Qorayevning 1973-yildan 1982-yilgacha yashagan uyida xotira lavhasi oʻrnatilgan.
Filmografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bastakor sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ordenli Ozarbayjon (film, 1938)(toʻliq metrajli film)
- Bir oila (film, 1943)(toʻliq metrajli badiiy film)
- Kaspiy dengizchilari (film, 1944) (toʻliq metrajli hujjatli film)
- Boku chiroqlari (film, 1950) (toʻliq metrajli badiiy film)
- Mingachavir (film, 1950) (qisqa metrajli hujjatli film)
- Kaspiy neftchilari haqida doston (film, 1953) (toʻliq metrajli badiiy-hujjatli film)
- Bir mahalladan ikki kishi (film, 1957) (toʻliq metrajli badiiy film)
- Don Kixot (film, 1957)(toʻliq metrajli badiiy film)(Rossiya)
- Uning keng yuragi (film, 1958)(toʻliq metrajli badiiy film)
- Uzoq sohillarda (film, 1958)(toʻliq metrajli badiiy film)
- Dengizni fath etganlar (film, 1959)(toʻliq metrajli badiiy-hujjatli film)
- Asl doʻst (film, 1959)(toʻliq metrajli badiiy film)
- Matteo Falkone (film, 1960)(qisqa metrajli badiiy film)
- Layli və Majnun (film, 1961)(toʻliq metrajli badiiy film)
- İnson maskan qurar (film, 1967)(toʻliq metrajli badiiy film)
- Nizomiy (film, 1982)(toʻliq metrajli badiiy film)
- Yetti goʻzal (film, 1982)(toʻliq metrajli badiiy film-balet)
Ishtirok etgan filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kechki konsert (film, 1948)(qisqa metrajli hujjatli film)
- Bulbul (film, 1968)(qisqa metrajli hujjatli film)
- Respublikam haqida haqiqat (film, 1972) (toʻliq metrajli hujjatli film)
- Yurak nagʻmasi (film, 1989) (qisqa metrajli hujjatli film)
Asarlaridan foydalanilgan filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Aziz xalqimga (film, 1954)(toʻliq metrajli badiiy-hujjatli film)
- 150 yil. Mirza Fatali Axundov (film, 1962)(qisqa metrajli hujjatli film)
- Uchinchi simfoniya (film, 1968) (qisqa metrajli hujjatli film)
- Apsheron ritmlari (film, 1970) (toʻliq metrajli badiiy-musiqali televideniye filmi)
- Doʻstlik madhiyasi (film, 1974) (qisqa metrajli hujjatli film)
- Afsonalar olamida (film, 1975) (qisqa metrajli badiiy film)(Rossiya)
- Nagʻmakor tuproq (film, 1981) (tammetrajlı musiqili film)
- Alvido, janub shahri (film, 2006) (toʻliq metrajli badiiy film)
- 40-eshik (film, 2008)(toʻliq metrajli badiiy film)
- Haqiqatning oʻzi (film, 2008)(toʻliq metrajli hujjatli film)
- Oʻlim navbati (film, 2009)(toʻliq metrajli badiiy film)
- Ufqdan oʻtganlar (film, 2011)(toʻliq metrajli badiiy-hujjatli film)
Unga bagʻishlangan filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bu haqiqat ovozidir. Bastakor Qora Qorayev (film, 1968) (qisqa metrajli hujjatli film)
- Qora Qorayev-60 (film, 1978) (qisqa metrajli hujjatli film)
- Bastakor Qora Qorayev. Opus-78 (film, 1979) (qisqa metrajli hujjatli film)
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yashinli yoʻllar bilan (balet)(ozar.)
- Yetti goʻzal (balet)(ozar.)
- Qorayevlar(ozar.)
Xorijiy oʻtishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Progint/sandbox/Qora Qorayev haqida turkum mavjud |
- Qora Qorayev - sanʼatida janrlar
- „Vatan“ operasidan Mardon ariyasi, Javid Samadov ijrosida
- Qorayev asarlarining organ uchun ishlovlaridan iborat CD
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "„Uzaq sahillərdə“ ekranda" [Filmin quruluşçu rejissoru Tofiq Tağızadə yoldaşla müxbirimizin müsahibəsi] //Kommunist.- 1958.- 13 avqust.
- Ağamirov, A. „Uzaq sahillərdə“ //Kommunist.- 1958.- 19 avqust.
- Hüseynova, M; Sultanov, Ə; Məmmədov, Y; Əliyev, S; Kazımov, R; Yusifov, Ə. „Uzaq sahillərdə“ //Kommunist.- 1958.- 22 avqust.
- Rəşid Şəfəq. „Qara Qarayev-75: Azərbaycan musiqisinin iftixarı“ //Odlar yurdu.- 1993,- 20 fevral.- № 5-6.- səh. 2.
- „Zamanın böyük bəstəkarı“. Vidadi Xəlilov. Ömür yollarında. Bakı: Nərgiz, 2012. — səh. 155.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kayzen.az — Böyük musiqiçilər: Qara Qarayev
- ↑ Karaev Kara Abulfaz ogli
- ↑ Azərbaycan Milli Ensiklopediyası: Azərbaycan. Ramiz Məmmədov. Kino. Azərbaycan Milli Ensiklopediyası Elmi Mərkəzi, 2007.- səh. 813.
- ↑ Dahi bəstəkar Qara Qarayevin anadan olmasından 100 il ötür