Foydalanuvchi:Muhammadjon Raxmataliyev/qumloq
Tabuk g'azoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammadjon Raxmataliyev/qumloq | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Tabuk, Saudiya Arabistoni map.png Muhammad (s.a.v.)ning g’azotlari | |||||||
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Muhammad (s.a.v.) / Xiraql | |||||||
Kuchlar | |||||||
30 000 / noma'lum | |||||||
Musulmon-Vizantiya urushlarining bir qismi |
Tabuk g'azoti, shuningdek, (Usra g'azoti sifatida ham ma’lum) Muhammad (s.a.v.) tomonidan milodiy 630-yil oktyabr oyida (hijriy 9-yil) boshlangan harbiy harakat edi. U zot mazkur g’azotda 30 000 [1][2] kishilik qo’shin bilan hozirgi Saudiya Arabistonining shimoli-g'arbiy qismidagi Aqaba ko'rfazi yaqinidagi Tabukkacha borganlar[2].
Tayyorgarlik
Vizantiyaga qarshi g’azot haqidagi mish-mishlardan so'ng[1], musulmonlar va Muhammad (s.a.v.)ning ittifoqchilari safarga chiqish haqida shoshilinch chaqiruv olganlar. Ba’zilar qatnashmaslik uchun bahona o'ylab topgan. Muhammad (s.a.v.) arablarni qo'shilishga ko'ndirish uchun turtki berib, ko'pchilikni zarur ashyolar bilan ta'minlaganlar[3].
G’azot tafsilotlari
Muhammad (s.a.v.) va u zotning qoʻshinlari 630-yil oktyabrda[2][4] (hijriy 9-yil, Rajab oyi) shimolga, Aqaba koʻrfazi yaqinidagi Tabukka qarab yurishgan. Bu u zotning eng katta va eng oxirgi harbiy ekspeditsiyalari edi[2]. Muhammad (s.a.v.)ning boshqa bir qancha g’azotlarida qatnashgan Ali ibn Abu Tolib (r.a.) Madinani qo’riqlash uchun qolgani bois Tabuk g’azotida qatnashmagan[5]. Tabukka yetib kelib, u yerda qarorgoh qurgan Muhammad (s.a.v.) qo‘shini Vizantiya bosqiniga qarshi turishga hozirlik ko‘rgan[6]. Muhammad (s.a.v.) Tabukda yigirma kun bo‘lib, bu yerni o‘rganib chiqqanlar va mahalliy rahbarlar bilan ittifoq tuzganlar[4]. Vizantiya qo‘shinidan darak bo‘lmagach[2], Madinaga qaytishga qaror qilingan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 George F. Nafziger; Mark W. Walton (2003), Islam at War: A History, Praeger Publishers, 13-bet
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Welch, Alford T.; Moussalli, Ahmad S. (2009). "Muḥammad". The Oxford Encyclopedia of the Islamic World. Oxford University Press. http://www.oxfordreference.com/view/10.1093/acref/9780195305135.001.0001/acref-9780195305135-e-0550?rskey=xq9Xo4&result=5.
- ↑ Muir, William. Life of Mahomet. Kessinger Publishing Co, 10 August 2003 — 454-bet. ISBN 978-0766177413.
- ↑ 4,0 4,1 Richard A. Gabriel (2007), Muhammad: Islam’s First Great General, University of Oklahoma Press, 197-bet, ISBN 978-0-8061-3860-2
- ↑ Sachedina, Abdulaziz (2009). "ʿAlī ibn Abī Ṭālib". The Oxford Encyclopedia of the Islamic World. Oxford University Press. http://www.oxfordreference.com/view/10.1093/acref/9780195305135.001.0001/acref-9780195305135-e-0049?rskey=xq9Xo4&result=1.
- ↑ „The Expedition of Tabuk“. Al-Islam.org. Qaraldi: 2016-yil 7-avgust.