Foydalanuvchi:Muhammadjon Raxmataliyev/Ibn Atoulloh al-Iskandariy
IIbn Atoulloh al-Iskandariy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 658 hijriy / 1259 milodiy |
Vafoti | 709 hijriy / 1310 milodiy [2] |
Dini | Islom |
Era | O'rta asrlar |
Hudud | Iskandariya |
Mazhab | Sunniy so'fiy (Fiqhdagi mazhabi - Molikiy) |
Imom | E’tiqodi – Ash’ariy[1] |
Ibn Atoulloh Sakandariy – to'liq ismi Tojiddin Abul-Fazl Ahmad ibn Muhammad ibn Abdulkarim ibn Abdurahmon ibn Abdulloh ibn Ahmad ibn Iso ibn Husayn ibn Atoulloh al-Juzamiy al-Iskandariy ash-Shoziliy boʻlib, u misrlik molikiy faqih, shoziliya soʻfiylik tariqatining uchinchi murshidi (ruhiy “yoʻlboshchi” yoki “ustoz”) va muhaddis olim bo’lgan.
Hayot va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Iskandariyada tugʻilgan va Qohiradagi al-Azhar masjidida ham, Mansuriya madrasasida ham dars bergan. U Shoziliya ta'limotini tizimlashtirish va ushbu tariqat asoschisi Abul-Hasan ash-Shoziliy va uning vorisi Abul-Abbos al-Mursiyning tarjimai holini kitob holiga keltirish vazifasini bajargan. U zikr boʻyicha birinchi tizimli risola - “Najot kaliti” (“Miftah al-faloh”) asari muallifi sifatida eʼtirof etiladi, lekin, asosan “Hikam al-Atoiyya” nomli hikmatlar toʻplami bilan mashhur bo’lgan.
Ibn Atoulloh diniy masalalardagi qarashlari va soʻfiylarga hujum qilishda haddan oshgani uchun bir necha bor qamoqqa olingan, munozarali ilohiyot olimi Ibn Taymiyaga qarshi chiqqanlardan olimlardan biri edi[3]. U Ibn Taymiyya bilan munozaralarda 200 ga yaqin soʻfiylar jamoasini boshqargani, shuningdek, u bilan koʻplab masalalarda bahs qilgani ma’lum.
Oʻlimi va ilmiy merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1309 yilda Qohirada vafot etgan.
Ibn Atoulloh yozma asarlarining koʻplab adadda koʻchirilishi Shimoliy Afrikada shoziliylik tariqati keng tarqalishiga olib keldi, bu yerda avvalliga tariqat rad etilgan edi. Vafoiy so'fiylik tariqati ham uning asarlari manba qilib olgan. O'tgan 700 yil ichida Ibn Atoullohning ta'limotlari qayta-qayta o'rganildi, sharhlandi va ular butun dunyo bo'ylab tarqaldi va deyarli barcha asosiy tillarga tarjima qilindi[4].
Shoziliya tariqatining Ibn Abbod ar-Rundiy, Ahmad Zarruq va Ahmad ibn Ajiba kabi mashhur shayxlari, shuningdek, oʻzi shoziliy boʻlmagan hindistonlik chishtiy soʻfiy Abdulloh Gangohiy va suriyalik huquq professori Muhammad Said Ramazon al-Butilar tomonidan “Hikam” asariga sharhlar yozilgan. Muhammad Nafih Vafiyning ingliz tilidagi zamonaviy “Hikam” tarjimasi 2010-yilda Malayziyadagi Islamic Book Trust tomonidan “The Book of Aphorism” nomi bilan nashr etilgan[5].
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hikam (maxims or aphorisms), partially translated here by Ayesha Bewley.
- https://www.amazon.com/Book-Aphorism-Ibn-Ataillah/dp/B007PYD088
- Commentary by Ibn Abbad in English.
- Hikam in English and Arabic PDFs, and links to audio recordings.
- The Key to Salvation: A Sufi Manual of Invocation (Miftah al-Falah) chosen excerpt here Translated by Mary Ann Koury Danner
- The Key to Salvation chapter available here by Ayesha Bewley.
- Ibn 'Ata' Allah, Muslim Sufi Saint and Gift of Heaven by Abu Bakr Sirajuddin Cook.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Danner, Victor. The Book of Wisdom (Classics of Western Spirituality). Paulist Press, 1978 — 37-bet. ISBN 0809121824.
- ↑ Lewis, B.; Menage, V.L.; Pellat, Ch.; Schacht, J.. Encyclopaedia of Islam, New, Leiden, Netherlands: Brill, 1986 — 722-bet. ISBN 9004081186.
- ↑ Lewis, B.; Menage, V.L.; Pellat, Ch.; Schacht, J.. Encyclopaedia of Islam, New, Leiden, Netherlands: Brill, 1986 — 723-bet. ISBN 9004081186.
- ↑ „The Relevance and the Beauty of the Teaching of Shaykh Ibn 'Ata' Allah“ (en-US). Sirajuddin.com.au. Qaraldi: 2019-yil 25-iyun.
- ↑ The Book of Aphorisms – Islamic Book Trust Online Bookstore https://ibtbooks.com/shop/the-book-of-aphorisms/