Foydalanuvchi:Muhammadjon Raxmataliyev/Al-Alam masjidi
Masjid | |
Al-Alam masjidi
| |
Mamlakat | Indoneziya |
Hudud | Kendari, Janubi-Sharqiy Sulavesi |
Koordinatalar | 3,9781°J 122,5445°Sh. |
Qiymati | 13 million AQSh dollari |
Binokorlik | 2010 yil—2018 yil |
Hajmi | 10 000 kishi |
Gumbazlar soni | 1 ta |
Gumbazlar soni | 1 ta |
Minoralar soni | 4 ta |
Minoralar soni | 4 ta |
Al-Alam masjidi - Indoneziyaning Janubi-Sharqiy Sulavesi privinsiyasi Kendari shahridagi masjid. Masjid ziyorat turizmi uchun mo‘ljallangan[1] . Masjidning diqqatga sazovor xususiyatlari uning Kendari ko'rfazining o'rtasida joylashganligi va Dubaydagi Burj Al-Arabga o'xshash noyob minoralarni o'z ichiga olishidadir.
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidga poydevor qo‘yish 2010-yilda Janubi-Sharqiy Sulavesi privinsiyasi sobiq gubernatori Nur Alam tomonidan boshlangan. Masjid 2018-yilda ochilgan. Masjid nomi sobiq gubernator ismidan olingan.
Masjid Kendari koʻrfazining oʻrtasida joylashgan boʻlib, Al-Alam masjidi koʻchasi bilan tutashgan[2]. Suv toshqini paytida masjid okeanda suzib yurgandek taassurot qoldiradi. Bu Jiddadagi Al-Rahma masjidi va Kasablankadagi Hasan II masjididan keyin dunyodagi uchinchi suzuvchi masjid hisoblanadi[3].
Arxitektura jihatidan masjid Saudiya Arabistonining Madina shahridagi Al-Masjid an-Nabaviydan ilhomlangan. Masjidning to'rtta minorasi Dubaydagi Burj Al-Arab hashamatli mehmonxonasi shaklida qurilgan. Asosiy gumbaz sakkizta gul bargining ochilish va yopilish mexanizmiga ega yarim doira asosga tayangan. Sakkiz raqami ramziy ma'noda islomni, shuningdek, mahalliy qahramon Xalu Oleoni anglatadi. Gumbaz mexanizmida Germaniya texnologiyasidan foydalaniladi va u al-Masjid an-Nabaviy gumbaziga o'xshaydi. Masjidning old hovlisida soyabonlar ham mavjud, ular asosiy maydon to'lganida qo'shimcha ibodat joyi sifatida ishlatiladi. Ushbu soyabonlarning ko'rinishida ham Madina masjidini taqlid qilingan.
Ma'lumotnomalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ .
- ↑ Keindahan dan Keunikan Masjid Al – Alam Sulawesi tenggara. RRI. Retrieved April 6, 2021..
- ↑ Foto: Keindahan Masjid Al Alam, Berdiri Megah di Tengah Teluk Kendari. Kumaparan. Retrieved April 6, 2021..
[[Turkum:Indoneziyadagi masjidlar]] [[Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda]]