Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Madina Rakhmatova/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hasanoğlan Köy Enstitüsü (Hasanoʻgʻlon qishloq instituti) Turkiyada ochilgan oʻn beshinchi qishloq instituti hisoblanadi. Bu institutdan 1941-1947-yillar orasida foydalanilgan.

Tashkil topishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya respublikasi Milliy taʼlim vazirligining Anqara atrofida qishloq instituti tashkil etish toʻgʻrisidagi qaroridan soʻng uning joylashuvi Boshlangʻich taʼlim direktori Ismail Hakki Tonguch, Anqara milliy taʼlim direktori Rasim Arslan, inspektor Hayrulloh Örs va Ali Rizo Tumer tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan aniqlandi va 1941-yil aprel oyida 266 Kepirtepe qishloq instituti talabasi Hasanoʻgʻlanga kelib oʻrnashib olgandan soʻng uning tashkil etilishi boshlandi. Oliy institut sifatida boshqa qishloq institutlaridan farqi shundaki u boshqa institutlarga professor-oʻqituvchilar yoki inspektorlar tayyorlash maqsadi bilan tashkil qilinganligi hisoblanadi. Buning birinchi talabalari maktablarni, masjidlarni va chodirlarni boshpana qilishgan, institut binosida ishlashgan va bir tarafdan taʼlimlarini ham davom ettirishgan. Vaqtinchalik foydalanilgan binolardan keyin 1941-yil 10-iyulda institiut binolarining poydevori qoʻyildi va 1942-yilda bitta yotoqxona, bitta omborxona, oʻnta oʻqituvchilar uyi, ikkita oʻquv binosi, bitta tovuqxona qurish rejalashtirildi. Jami oʻn bitta qishloq institutidan kelgan va rejadan oʻrin olgan bitta binoning qurilishini amalga oshiruvchi guruhlar bunday qishloq institutlari orasida birinchi va eng katta hamkorlikni amalga oshirishdi. Oʻquvchilar tomonidan qilingan binolarning umumiy soni 1945-yilda 43taga yetdi va bularning orasidan kino, musiqa zali va amfiteatr oʻrin olgan. Oʻrmonzorlashtirish ishlari, shimolda 3 km masofadagi Hasan daryosidan suv olib kelish ishlari, chorvachilik va bogʻdorchilik ishlari uchun tayyorgarlik ishlari shular jumlasidandir.

1942-yil 2-yanvarda institutga ilk talabalar keldi, bitiruvchi kurs talabalari soni 66ta boʻlib, (bitta ayol, 45ta erkak hisobida Pazarorendan 21ta, Çiftelerdan 45 ta talaba) 1943-1944-oʻquv yillarida bitirishdi. Institutda jami 678ta oʻqituvchi, 774 ta tibbiyot xodimi, 213 ta yuqori qism va 102 ta vaqtnichalik kurs bitiruvchilarini tayyorladi. Oliy qishloq instituti bitiruvchilarindan 18 tasi ayol va 195 tasi erkak edi. 1943-yilning iyun oyida chiqarilgan nizom bilan oliy qishloq instituti (3 yillik), 1944-yil 10-yanvarda esa qishloq tibbiy xodimi tayyorlashga yoʻnaltirilgan sogʻliqni saqlash filiali (2 yillik) ochilgan. Institutda Enver Ziya Karal (tarix), Ruhi Su va Aşık Veysel (musiqa), Selahattin Batu (zootexnika), Muhlis Ete (iqtisod), Sabahattin Eyüboğlu (til-adabiyot), Kazım Köylü (qishloq xoʻjaligi), Ferruh Sanır (geografiya), Mahir Canova (teatr), Faik Canselen (garmoniya), Dotsent. Dr. İbrahim Yasa (sotsiologiya), Halil Demircioğlu (tarix), Mualla Eyüboğlu (meʼmor, qurilish menejeri) va Rauf İnan (oʻqituvchi, maʼmur) kabi taʼlim xodimlari ham xizmat qilgan. Oliy qishloq instituti 1947-yil 27-oktabrda vazir Reşat Şemsettin Sirer tomonidan qabul qilingan qarorga koʻra yopildi. Taʼlim olayotgan talabalar Anqara oʻgʻil bolalar texnik kasb-hunar oʻqituvchilari maktabi, Gazi ta'lim instituti kabi taʼlim tashkilotlariga yuborildi.

Qayta tiklash ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anqara shahar hokimiyat hokimi Mansur Yavaş Hasanoʻgʻlon qishloq institutining tarixiy tuzilishiga mos shaklda qayta tiklash uchun 2021-yil 17-aprelda ish boshlaganini maʼlum qildi. [1]. Biroq, milliy taʼlim vazirligi tomonidan berilgan ruxsat bir oydan keyin bekor qilindi[2].