Foydalanuvchi:MIT 3D Generalist
Zamaxshariyning «Al-Mufassal» («Grammatika bo‘yicha mufassal kitob», 1121) asari arab tili nahvu sarfini o‘rganishda yirik qo‘llanma sifatida azaldan Sharqda ham, G‘arbda ham shuhrat topgan. Shom (Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso kimdakim Zamaxshariyning ushbu asarini yod olsa, unga 5 ming kumush tanga va sarupo sovg‘a qilishni va’da bergan. Bir qancha kishilar asarni yod olib, mukofotga sazovor bo‘lishgan. «Al-Mufassal»ning ixchamlashtirilib, muxtasar holatga keltirilgan nusxasi «Al-Unmuzaj» («Namuna») nomi bilan ataladi. Grammatikaga oid asarlaridan «Sharh abyat kitob Sibavayh» («Sibavayh kitobining sharhi») — arab tilshunosi Sibavayh (796 yili vafot etgan)ning kitobiga yozilgan mukammal sharhdir.
“Al-Mufassal” (1121-yil) nomli asarini u Makkada yashagan paytida, bir yarim yil davomida y nlar. O‘sha davrning o‘zidayoq arablar orasida ham bu asar katta e’tibor qozongan va arab tilini o‘rganishda asosiy qo‘llanmalardan biri sifatida keng tarqalgan. Ushbu asarning bitta qo‘lyozma nusxasi Toshkentda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida saqlanadi.